So’nggi yangiliklar

15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  1 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  21 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  2 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  20 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  5 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  4 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  8 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  9 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  16 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2

Tachmurad Agamurodov: "Samarqand viloyati jamoasi yuqori o'rinlar uchun kurashishi kerak" Yangiliklar

Tachmurad Agamurodov: "Samarqand viloyati jamoasi yuqori o'rinlar uchun kurashishi kerak"

"Dinamo" - "Buxoro" (0:0) uchrashuvidan so'ng maydon egalari bosh murabbiyi Tachmurad Agamurodov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun ikkala jamoa juda ehtiyotkor o'yin namoyish etishdi. Gol urishdan ko'ra gol o'tkazmaslikni ko'proq o'yladik. SHu bois himoyani yaxshi ushlashga urindik. Agar jarima to'pidan gol urganimizda balki g'alabaga ham erisharmidik. Yuqori natijalarga erishish uchun faqat futbolchilar o'ynashlari emas. Butun jamoa bir oiladek ishlashi kerak. Oliy ligada qolish vazifasini bajardik. Ammo keyinchalik nima bo'lishi borasida ko'rib chiqishimiz kerak. Samarqand viloyati jamoasi yuqori o'rinlar uchun kurashishi kerak. Rahbarlar buni ko'rib chiqishadi deb o'ylayman.

Sirojiddin Sayfiev operciya qilindi. Operciya yaxshi o'tdi. Biz u bilan doimo aloqada bo'lib turibmiz. Umid qilamanki Sayfiev tezda oyoqqa turadi va futbolga qaytadi.

Oliy ligada jamoalar sonini ko'paytirish borasida PFL vakillari o'ylab ko'rishsa maqsadga muvofiq. Ammo shaxsiy fikrimcha so'nggi o'rinni olgan jamoa birinichi ligaga tushib ketsa, undan tepada turgan jamoa esa birinchi ligadagi jamoa bilan pley-offda o'ynasa yaxshi bo'lardi

Kamoliddin Kenjaevni juda yaxshi bilaman. SHaxsan taniyman. Bu juda yaxshi akciya, buni eshitib xursand bo'ldim. Imkon bo'lsa albatta "Dinamo" ham bu akciyada ishtirok etadi ", - deydi Agamurodov.


Damir Kabilov yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика