So’nggi yangiliklar

23:26Отабек Шукуров: "Журналистлар Эронга қарши дурангни мағлубиятдек қабул қилмоқда. Илтимос, бизни қўллаб-қувватланглар ва ҳар бир очкони қадрлайлик"  0 23:05ЖЧ-2026 саралаши. Эрон Қатарни йирик ҳисобда мағлуб этиб, гуруҳда биринчи ўринга кўтарилиб олди  75 22:45Ла Лига президенти ФИФАдан Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатини бекор қилишни талаб қилди  2 21:56Бобир Абдихолиқов: "Халқимизни ғалаба билан табриклайман. Муҳим уч очкони қўлга киритдик"  22 21:38ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси КХДРни мағлубиятга учратди  12 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА 1:0  20 21:14"Ҳар бир олинган очко бизни Жаҳон чемпионатига яқинлаштирмоқда" – Отабек Шукуров  42 20:40ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон Тошкентдаги ажойиб оқшомда БААдан устун келди  583 20:15Погба: "Ҳеч қачон "ҳеч қачон" дейиш керак эмас"  4 19:48Бонуччи фаолиятидаги энг мураккаб рақибни айтди — у Месси ёки Роналду эмас  1 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  1 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  6 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  19 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  11 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9

“Surxon”ning serbiyalik legioneri yana "juftakni rostladi" Yangiliklar

“Surxon”ning serbiyalik legioneri yana "juftakni rostladi"

Kuni-kecha o'z maydonida “Navbahor”ni mag'lub etgan “Surxon” jamoasi Superligada qolish uchun katta bir qadam tashladi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Murabbiylar qo'rqmasdan yoshlarga ishonch bildirib borayotgani ham qaysidir manoda o'zini oqlamoqda. So'nggi paytlarda termizliklar tarkibiga etibor qaratadigan bo'lsak, uchrashuv qaydnomasida Vladimir Bubanyani uchratmayapmiz. Buning sababi nimada? Quyida shu haqda qisqacha so'z yuritamiz.

O'zbekiston Superligasida 2018 yildan buyon faoliyat olib borayotgan Vladimir Bubanya oxirgi yillarda o'zidan iliq taassurot qoldirayotgani yo'q. Serbiyalik markaziy himoyachi mamlakatimizdagi ilk mavsumini AGMK safida o'tkazgandi. O'sha mavsumda Bubanya jamoasining haqiqiy etakchisiga aylanib ulgurgan. Sababi 32 yoshli futbolchi qisqa vaqt ichida AGMKning himoya chizig'ida asosiy figuraga aylanib, jamoasining yubiley 400-goliga ham mualliflik qilgandi. Qolaversa yana bir etiborga molik natijasi AGMK uchun O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritishida katta yordam bergandi.

SHuni inobatga olib, 2019 yili esa Bubanyaga o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yib, shov-shuvli transferlarga qo'l urgan Termizning “Surxon” jamoasidan jiddiy qiziqish bo'lib, jamoa vakillari taklif bilan chiqadi. Vladimirni termizliklarning taklifi qoniqtiradi va rasman “Surxon” futbolchisiga aylanadi. O'sha mavsum markaziy himoyachi “Surxon” safida 24ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga bitta gol ham yozdirib qo'yadi. Jamoasi esa chempionatni 6-o'rinda yakunladi. 2020 yilgi mavsum esa Bubanya va “Surxon” uchun ko'ngildagidek kechmadi. Serbiyalik futbolchi jamoada murabbiylar almashinuvi va yuzaga kelgan moliyaviy muammolar sababli, yozda kutilmaganda xech kimni ogohlantirmasdan jamoa lagerini tark etib, yurtiga jo'nab ketgandi. Keyinchalik Bubanya yodingizda bo'lsa klub bilan tuzilgan mexnat shartnomasini bir tomonlama bekor qilib, jamoada qolib ketgan pullari bo'yicha FIFA orqali undirish bo'yicha yurish qilgandi. “Surxon” esa o'tgan mavsum Superligada o'z o'rnini arang saqlab qolishga erishdi.

2021 yilgi chempionat avvalida klub rahbariyati serbiyalik futbolchi bilan yuzaga kelgan ziddiyatni do'stona ravishda xal etishga urinib, Bubanyani yana jamoada olib qolish orqali uni FIFAga yozgan shikoyat xatini engil bartaraf etgandi.

Aftidan serbiyalik legioner bu mavsumdagi faoliyatidan qoniqmagan ko'rinadi. CHunki Bubanya yana jamoani xuddi o'tgan yilgi kabi tark etishga qaror qilgan. 32 yoshli futbolchi “Surxon” tarkibida bu yil Superliga doirasida 13ta o'yin o'tkazdi. Balki uni ayrim o'yinlarda zaxirada qolib ketishi xafa qilgan bo'lishi ham mumkin. Klub vakillari bilan bu borada suhbatlashganimizda, Bubanyani yana xuddi o'tgan yilgidek juftakni rostlaganini takidlab o'tdi. Ko'ramiz, “Surxon” va Bubanya o'rtasidagi bu safargi muammo qanday bartaraf etilar ekan.


Islombek Rustambekov.

Reyting: -27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика