So’nggi yangiliklar

20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  0 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  4 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  20 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  43 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  8 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0

Surxonga kim bosh murabbiy bo'ladi? Yangiliklar

Surxonga kim bosh murabbiy bo'ladi?

Teglar :  Surxon
Kuni-kecha Pro-liga ishtirokchisi Termizning Surxon jamoasida etiborga molik o'zgarishlar yuz berdi.

Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligida navbatdan tashqari yig'ilish o'tkazildi. Unda viloyat futbol federaciyasi rahbariyati, «Surxon» futbol klubi azolari ishtirok etdi.

Yig'ilishning kun tartibidan o'rin olgan asosiy masala, «Surxon» jamoasiga yangi rahbar tayinlash va jamoaning yangi mavsumga munosib tayyorgarlik ko'rishi bo'ldi.
Avval xabar berganimizdek, bungacha jamoa boshlig'i sifatida ishlab kelgan Erkin Xolboboev istefoga chiqarildi. Endilikda ushbu lavozimda Xayrulla Nurullaev faoliyat olib boradigan bo'ldi.

2017 yilgi mavsumda jamoa natijalariga masul bo'lib kelgan bosh murabbiy Sergey Kovshov kelgusida Quvasoyning «Cementchi» jamoasida ishlashga qaror qildi.
SHunday ekan endilikda «Surxon»ga yangi bosh murabbiy tayinlanadi. Xo'sh, bu borada rahbariyat qaysi nomzodda to'xtaladi?

Aytishlaricha, hozirda termizliklar Vali Keldiev va Abdusamad Do'rmonov bilan muzokara o'tkazmoqda. Keldiev Haqqulobodning «Norin» jamoasini boshqarib kelayotgandi. 

Bugun uning jamoasi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshlaydi. SHuning uchun haqqulobodliklar Keldievni kutmoqda. Do'rmonov esa so'nggi bor, Farg'onaning «Neftchi» jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishlagandi.

Ammo surxondaryolik ishqibozlar boshqaruv postiga «So'g'diyona»ning sobiq murabbiyi Davron Fayzievni kelishini istamoqda.

Ko'ramiz, yangi rahbariyat qaysi murabbiyning nomzodida to'xtalar ekan?

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика