So’nggi yangiliklar

11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  1 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчилар билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  6 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  4 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  14 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  2 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  15 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  7 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  6 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0

Surxondaryoda o'zbek futbolining 110 yilligiga bag'ishlangan tadbirdan GALEREYA Yangiliklar

Surxondaryoda o'zbek futbolining 110 yilligiga bag'ishlangan tadbirdan GALEREYA

5 may sanasida boshlangan Surxondaryo viloyatida o'zbek futbolining 110 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar davom etmoqda.

Viloyatga etib kelgan delegaciya Termiz xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

O'FA vice-prezidenti Odil Ahmedov boshchiligidagi delegaciya Surxondaryo viloyatining futbol faxriylari, viloyat sporti, xususan, futboliga ulkan hissa qo'shgan insonlar Bahrom Hamroev va Botir Kashkenbaev xonadonlariga tashrif buyurdi. Sobiq sharhlovchi, murabbiy, ko'p yillar davomida viloyat sport qo'mitasi rahbari sifatida faoliyat olib borgan Bahrom Hamroev bilan suhbatda Surxon diyori futbolining yorqin tarixi eslab o'tildi.

Bevaqt olamdan o'tgan faxriy futbolchi va murabbiy Botir Kashkenbaev xonadoniga tashrif davomida uning haqiga duo qilindi va ko'p yillik mehnat faoliyati xotirlandi.

Futbol faxriylari va ularning qarindoshlariga o'zbek futbolining 110 yilligiga bag'ishlangan ko'krak nishoni va esdalik sovg'alari topshirildi.

Keyinchalik delegaciya Termiz tumanida joylashgan Surxondaryo viloyati futbol akademiyasiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar akademiya faoliyati bilan batafsil tanishdilar. Qayd etilishicha, akademiyada hozirda 156 nafar tarbiyanaluvchi istiqomat qilmoqda. SHuningdek, akademiya hududida ikkita katta hajmdagi standart maydon mavjud. 

Mutasaddilar akademiya faoliyatiga oid bir qancha masalalar yuzasidan o'zaro fikr almashdilar. 

Tadbir yakunida o'zbek futbolining 3 avlod vakillari o'rtasida uchrashuv tashkillashtirildi va faxriylarimiz akademiyaning yosh tarbiyalanuvchilariga o'z tajribasi va maslahatlari bilan o'rtoqlashdilar.

Viloyatdagi futbol shodiyonasi davom etmoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика