So’nggi yangiliklar

00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  0 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  1 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  25

Surxondaryo viloyati chempionati hal qiluvchi pallaga kirdi FOTO Yangiliklar

Surxondaryo viloyati chempionati hal qiluvchi pallaga kirdi FOTO

Teglar :  SurxondaryoDenov
Surxondaryo viloyat ichki chempionatida jami 14ta jamoa ikki guruhga 7tadan bo'lingan holda chempionlik uchun kurash olib borishdi.

“A”va “B” guruhlaridagi   eng ko'p ochko jamg'argan ikki jamoa viloyat chempionligi uchun kechadigan yani keyingi bosqichga to'rt jamoa yo'lamani qo'lga kiritishdi.

“A” guruhidan chiqqan ikki klub:
“Dinamo" (Termiz)
“ Unversitet” (Termiz)

“B” guruhidan chiqqan ikki klub:
“Denov” (Denov)
 “SHo'rchi” (SHo'rchi)

Jamoalar  shu yilning 20 noyabr sanasida dastlabki bahslarga kirishadi.

“B” guruhda joy olgan Madibek Badalov boshchiligidagi Denov tumanining “Denov” jamoasi  o'z guruhida 14ta uchrashuv o'tkazgan shundan 13 tasida g'alaba tantana qilishgan, faqatgina bir marotaba safar uchrashuvida SHo'rchining “SHo'rchi”  jamoasidan 2:3 hisobida mag'lubiyat alamini tortishgan.

Jamoa raqiblar darvozasiga jami 56 ta to'p kiritib, 19 martaba o'z darvozasidan to'p olib chiqishga majbur bo'lishgan. “Denov” jamoasi bu yilgi ichki chempionatda raqiblar darvozasiga eng ko'p to'p kiritgan jamoa hisoblanadi.

Denovlik futbolchilar  o'z guruhida 39 ochko  jamg'argan holda, 1-o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l olishdi.  

Jamoa to'purarlik bahsini boshqarayotgan va  o'zining mavsumdagi yorqin o'yinlari bilan ko'p sonli muxlislar olqishiga sazavor bo'layotgan jamoa hujumchisi Hasan Toshbadalov hisobida hozircha 16 ta gol mavjud.  


Birinchi ligada ishtirok etishni maqsad qilgan “Denov” jamoasining ichki chempionatni  yuqori saviyada o'tkazishida bir qator  tadbirkorlar yani, jonkuyar  futbol fidoyilari Zokir Mahmarasulov, Adham Tangriqulov, Bekzod Azimovlarining beminnat hizmatlaridan mahalliy ishqibozlar mamnun.

Jamoaning  o'y–safar uchrashuvlarida yonida turib qullab-quvvatlayotgan Denov futbol internati  bolalar futbol murabbiysi oliy va birinchi liga jamoalarida faoliyat olib borayotgan bir qator  futbolchilar  Bahriddin Vahobov (Buxoro), Jasur Xolto'raevlar (SHo'rtan) ustozi va  jamoa muxlislar klubi boshlig'i Erkin To'raevlarning samarali mehnatlari tahsinga sazovordir.  

Faxriddin CHoriev

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика