So’nggi yangiliklar

23:26Отабек Шукуров: "Журналистлар Эронга қарши дурангни мағлубиятдек қабул қилмоқда. Илтимос, бизни қўллаб-қувватланглар ва ҳар бир очкони қадрлайлик"  2 23:05ЖЧ-2026 саралаши. Эрон Қатарни йирик ҳисобда мағлуб этиб, гуруҳда биринчи ўринга кўтарилиб олди  75 22:45Ла Лига президенти ФИФАдан Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатини бекор қилишни талаб қилди  2 21:56Бобир Абдихолиқов: "Халқимизни ғалаба билан табриклайман. Муҳим уч очкони қўлга киритдик"  22 21:38ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси КХДРни мағлубиятга учратди  12 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА 1:0  20 21:14"Ҳар бир олинган очко бизни Жаҳон чемпионатига яқинлаштирмоқда" – Отабек Шукуров  43 20:40ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон Тошкентдаги ажойиб оқшомда БААдан устун келди  585 20:15Погба: "Ҳеч қачон "ҳеч қачон" дейиш керак эмас"  4 19:48Бонуччи фаолиятидаги энг мураккаб рақибни айтди — у Месси ёки Роналду эмас  1 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  1 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  6 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  19 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  11 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9

"Surxon" vs Bubanya. Kim nohaq? Yangiliklar

"Surxon" vs Bubanya. Kim nohaq?

Yaqinda futbolchilari kaltaklangan klub haqida Islombek Rustamov tomonidan yozilgan maqolani o'qigan bo'lsangiz kerak:

“Surxon”ning serbiyalik legioneri yana "juftakni rostladi" 

Darhaqiqat, yaxshi mavzu ko'tarilgan. Savol ham to'g'ri qo'yilgan: Bubanya nega ketib qoldi? Ammo hamkasbimiz faqat 1 tomonga quloq tutgani bois masala mohiyatini o'rganishda biroz sustkashlik qilgani ko'rinib turibdi. 

Maqolada aytilishicha, klub vakillari jurnalistga serbiyalik himoyachi "juftakni rostlagani" to'g'risida malumot berishgan. Muallif esa bunga asos sifatida Vladimirning zaxira o'rindig'ida qolib, jamoadan rajigan bo'lishi mumkinligini keltirgan. Aslida esa voqealar rivoji yuqorida aytilganidan biroz farq qiladi...

2020 yil

Bubanya o'tgan yilning yozida klubni tark etib, shartnomani bir tomonlama bekor qildi va "Surxon" ustida FIFAga arz qildi. O'shanda Termiz klubi va serbiyalik o'yinchi ishtirokida haqiqiy serialning guvohiga aylangandik. FIFA "Surxon"ga 45 kun muhlat berib, yaqin 3 ta transfer oynasini yopib qo'yish bilan tahdid qildi. Termizliklar esa futbolchining o'zini jamoadan qarzdorga chiqarib qo'yishdi

O'shanda "Surxon" o'z futbolchisidan qancha qarz bo'lgan? FIFA malumotiga ko'ra, uning qarzda qolib ketgan maoshi umumiy 28 ming dollardan oshiqroq hisoblab berilgan. Vaqtida to'lanmagan har holat uchun +5 foizdan penya to'lanishi kerak. 

SHuningdek, klub shartnoma shartlarini vaqtida bajarmagani hamda futbolchi uni bir tomonlama bekor qilishga majbur bo'lgani uchun Surxon 46 ming dollarga yaqin kompensaciya puli to'lab berishi lozim edi. FIFA vaqtida to'lanmagan har holat uchun ham +5 foizdan penya yozgan.

Keyinchalik tomonlar o'zaro kelishib olishdi. Bubanya o'zi "savlati yo'q, noproffessional" deb atagan klub bilan bitimni uzaytirdi.

2021 yil

Bubanya bu yil ham yozda ketib qoldi. Ammo I. Rustamovning aytganidek, zaxirada qolgani yoki kimdandir xafa bo'lgani uchun emas. Uning konkret sababi bor: "Surxon" rahbariyati legionerning maoshini o'z vaqtida to'lab bermagan. Championat.asia'ga malum bo'lishicha, Vladimir iyun oyida bu borada O'zPFLdan amaliy yordam so'ragan. Tashkilot esa Termiz klubini o'tgan yilgi voqealar takrorlanishi bilan ogohlantirib, o'z vaqtida muammoni hal qilishga chaqirgan. Natijani esa ko'rib turibsiz.

Bizga malum bo'lishicha, serbiyalik legioner iyun oyida klub tomonidan 3 oylik maoshi (mart, aprel, may) to'lab berilmagani to'g'risida ariza yozgan. SHu o'rinda Bubanyani "juftakni rostlashda" ayblayotgan klub vakillariga bir narsani eslatib o'tmoqchimiz.

FIFA qoidalariga ko'ra, futbol klubi futbolchiga oylik maoshini berishi lozim bo'lgan 30 kalendar kun o'tgan holatida klub tomonidan futbolchiga to'lanishi lozim bo'lgan oylik ish haqi va/yoki har oy beriladigan boshqa ko'rinishdagi to'lovlarning umumiy yig'indisi kamida 2 oylik ish haqida miqdoricha qarzdorligi bo'lsa, shartnoma futbolchining tashabbusi bilan 1 tomonlama bekor qilinishi mumkin. Bunday holatda FIFA futbolchining haqini undirib beradi (penyasi bilan). Bu qoida "Futbolchilarning maqomi va transferi bo'yicha reglament"ning 14-moddasiga ham kiritilgan.

Muallif :
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика