So’nggi yangiliklar

08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  0 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  0 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  2 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  8

"Surxon" oldida tanlov superliga yoki Surxondaryo futboli? Yangiliklar

"Surxon" oldida tanlov superliga yoki Surxondaryo futboli?

15 yil deganda yuqori ligaga qaytgan "Surxon" jamoasi rahbariyati, muxlislarga shunchaki ishtirok etish uchun yuqoriga chiqmaganliklarini isbotlashga harakat qilayotganlari bor gap.

SHuning uchun ham "Navbahor" jamoasidan yoppasiga o'yinchilarni "Surxon" tarkibiga kelib qo'shilganini ko'rdik. Bu bilan Superliga hech nima yutmadi. SHunchaki "Navbahor" olishi kerak bo'lgan o'rinda joriy mavsum "Surxon" bo'ladi. 2020 yil hech kim kafolat bermaydi bu futbolchilar o'zlariga yangi jamoa topmasliklariga. Minglab muxlislarni tashlab ketgan futbolchi, albatta pulini tagi ko'rinib qolsa vohadan ham ketadi va "Surxon" yana o'sha eski holatga tushib qolishi mumkin. 

"Surxon" jamoasini tepasida turgan rahbarlar bugungi kundagi holatlaridan kelib chiqib o'z siyosatlarini biroz o'zgartirsalar maqsadga muvofiq bo'lar edi. Eng muhimi Surxondaryoga katta futbol qaytarildi, endi uni bardavom ushlab turish kerak. Birinchi mavsumda hech kim "Surxon"dan yuqori natija talab qilmasa kerak. Muxlislar uchun eng muhim vazifa uddalandi. Endi ular keyinchalik ham katta futbol havosidan bahra olishlari uchun Surxondaryo viloyatida tizim ishlab chiqish lozim. 

2 yildan beri Boysunda bolalar o'rtasida musobaqa o'tkazib kelamiz. SHuning uchun u erdagi vaziyat bilan yaqindan tanishman. Surxondaryo viloyat futbol federaciyasi ayanchli ahvolda. Mana 2 yildirki o'ziga mos Vice-prezident topa olmaydi. Viloyatda bolalar futboli juda og'ir ahvolda. BO'SMlardagi futbol bo'limlari nomiga. 2.5 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan viloyat 14ta hududdan iborat bo'lib, u erda Toshkentda bo'lgani kabi shahar chempionatini yo'lga qo'yish juda ham qiyin. Sababi tumanlar orasidagi masofalar 100-150 kmgacha borishi mumkin. SHuning uchun 1 yil avval Surxondaryoga qilgan tashrifim chog'ida, mahalliy federaciyaga hududlarni 5ta zonaga bo'lgan holda musobaqa boshlab, yakunda zona g'oliblarini markazga yig'ish taklifini ilgari surgandim. Afsuski bu takliflarim qog'ozdan boshqasiga o'tmadi va musobaqa boshlangani ham yo'q. Biz bolalar o'rtasidagi musobaqalarni boshlab olmas ekanmiz, hech qanaqa JCH, hech qanaqa Olimpiada haqida o'ylab o'tirmasligimizni ichimizdan bilsakda, buni tan olmay kelayotganimiz achinarli aslida. 

"Surxon" bugun moliyaviy holat bo'yicha Superliganing eng yaxshi jamoalaridan biri hisoblanadi. SHuning uchun ham rahbariyat hududdagi bolalar futboliga, viloyat futbol federaciyasini o'z nazoratiga olib ichki tizimni ishlab chiqishiga katta etibor qaratishi kerak deb o'ylayman. SHunda ertaga jamoada pul bo'lmagan taqdirda ham kuchlilar ligasida o'ynatishi uchun mahalliy futbolchilari bo'ladi. SHunda ertaga Surxondaryo muxlislari bir mavsumlik futbolchilardan qutilgan va o'zlari uchun jon beradigan o'yinchilarga ega bo'lgan bo'ladilar. Bu oson ish emas va uni 2 yilda amalga oshirib bo'lmaydi. Kamida 6-8 yil vaqt muddatni oladigan loyiha aslida bu.

Undan tashqari "Surxon" klubi o'z imidji bo'yicha ishlashi kerak. Saytlarda "Surxon"ga oid maqolalar chiqqan taqdirda, matbuot kotibi tomonidan bayon etilayotgan extirosli raddiyalar juda kulguli chiqayapti. Ayniqsa kechagi raddiyadan ko'p o'tmay PFL tomonidan chiqqan xabar, avvalgi radiya juda ham o'rinsiz ekanligini ko'rsatib berdi va aybdorlar yanada qattiqroq jazoga tortildilar. Achinarlisi shundaki, agar PFLning mazkur qarori bo'lmaganida "Surxon" aynan shu mutaxassislar qo'lida qolishi mumkin edi. 

Mazkur maqola orqali "Navbahor" va "Surxon" muxlislari o'rtasida kechayotgan aytishuvlarga ham barham bersak. "Surxon"ga lashkar tortib o'tgan sobiq navbahorchilar ham boshqa klubdan pul borida "Navbahor"ga kelgan edilar. "Navbahor"da ham huddi "Surxon"dagi muammo, mahalliy kadrlarga beetibor qarash. Kanchelskisni juda ko'pchilik namanganliklar yoqtirmayotgan bir paytda bir malumotni yozib o'tsam. Aynan Kanchelskis kelganidan keyin "Navbahor"ning U-18 jamoasiga bolalar futbolidan xabari bor murabbiy tayinlandi. Aynan u kelgach o'rinbosarlar tarkibiga yoshlar bilan ishlash borasida katta ustozlar ilmini olgan Anvar Hafizov murabbiy etib tayinlandi va ko'p yillar davomida "Navbahor" futbol maktabida ishlab kelgan Azam Rajabboev o'zi tarbiyalagan 2001-2002 yilda tavallud topgan eng yaxshi futbolchilari bilan asosiy tarkibga jalb qilindi. Bunaqasi "Navbahor"da yaqin orada bo'lmagan edi. Barcha murabbiy hokim beradigan pul tugagach, sekin jamoani tark etib ketayotgani hech kimga sir emas edi. Kanchelskis qilayotgan ish turnir jadvalida o'z isbotini topmas, lekin 2 yil ichida "Navbahor" o'rinbosarlari safida asosiy tarkibga o'tadigan, namanganliklar uchun o'ynab beradigan futbolchilar chiqa boshlaydi. 


"Surxon" ham o'z siyosatini o'zgartirishi va hududdagi bolalar futboli va o'z o'rinbosarlariga jiddiy etibor qilishi kerak bo'ladi. SHundagina "Surxon" jamoasining bugungi rahbarlari kiritayotgan sarmoyoning mevasini ko'ramiz. Mana shundan keyin terma jamoalarimizda yana surxondaryolik futbolchilarning soni oshib boradi. 12-13 yoshida chiqib ketayotgan futbolchilar bir amallab Qashqadaryo yoki Toshkent klublarida keyinchalik bilim olishga muvaffaq bo'layapti, lekin viloyatdan chiqib keta olmayotganlari qancha. Ular uchun esa mahalliy tizimni yaratib olish kerak.



Reyting: +59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика