So’nggi yangiliklar

21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  3 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  154 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  36 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  4 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  25 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  8 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  28

"Surxon" mavsumni 19 yoshli futbolchilar bilan boshlaydimi? Yangiliklar

"Surxon" mavsumni 19 yoshli futbolchilar bilan boshlaydimi?

O'zbekistonda transfer oynasi yopilishiga 11 kun vaqt qoldi. SHunga qaramay, "Surxon" futbol klubida hal etilmagan qator masalalar bor.

Birinchi katta masala — legioner futbolchi oldidagi qarzdorlik. Bubanya FIFAga murojaat qilgan. Katta tashkilot kunning istalgan qismida "Surxon" uchun transfer taqiqi qo'yishi mumkin. Hatto ertagayoq taqiq kuchga kirsa ham, "Surxon" 26 fevralgacha katta ehtimol bilan ko'p narsaga ulgurmaydi. 

Ikkinchi katta masala — klubning yangi homiylar qo'liga o'tishi. Bu ish ham amalga oshganicha yo'q. Amaldagi rahbariyatdan qolib kelayotgan qarzdorlik masalasini hal etish asosiy muammo bo'lyapti. Yuridik tarafdan olib qaraganda ham oldindagi 11 kun bu ishlarni hal qilish uchun etmasligi mumkin. 

O'z-o'zidan savol kelib chiqadi: "Surxon" transferlar amalga oshira olmasa nima bo'ladi? Agar shunday holat yuzaga kelsa, u holda "Surxon" o'tgan mavsumdagi futbolchilari bilangina shartnomani uzaytirishi va faqatgina U-18 jamoasi futbolchilari bilan shartnoma tuzishi mumkin bo'ladi. Savol ketidan yana savol bor: bu holatda klub 2022 yilgi mavsumda Superligada jon saqlab qola oladimi?

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика