So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  3 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

Superligani "yondirayotgan" Rubin Xebay - to'purarlar poygasi, xorijdan bo'layotgan takliflar va viloyat hokimi tomonidan vada qilingan mashina haqida Yangiliklar

Superligani "yondirayotgan" Rubin Xebay - to'purarlar poygasi, xorijdan bo'layotgan takliflar va viloyat hokimi tomonidan vada qilingan mashina haqida

Teglar :  Rubin XebayAndijon
Joriy mavsum Superliga bahslarida doirasida gol+pas tizimi bo'yicha eng sermahsul futbolchi hisoblangan Rubin Xebay, saytimiz jurnalisti Abdulvosit Bektemirovga intervyu berdi.

- "Andijon" jamoasiga o'tishingizdan oldin O'zbekiston chempionati haqida bilarmidingiz?

- Ha, Superligaga kelishimdan oldin ham O'zbekiston chempionati haqida eshitganman. Men taklif kelganda rozi bo'ldim, O'zbekiston mening faoliyatimdagi yaxshi "tramplin" bo'la oladi.

- Jamoaga va yangi chempionatga moslashib ketish qanday kechdi?

- To'g'risi chempionatning birinchi bahslarida biroz qiyin bo'ldi. "Surxon"ga qarshi kechgan uchrashuvda hakam bilan muammo bo'ldi va qizil kartochka oldim. Hakam meni tushunmagani sabab o'sha vaziyatda meni maydondan chetlatgan edi. Birinchi turda 10 daqiqa o'ynagan edim, keyin esa qizil kartochka va ikkita o'yinni o'tkazib yubordim. CHempionat o'yinlariga moslashib ketishim uchun biroz vaqt kerak bo'ldi.

- "Andijon" jamoasi mavsumni qanday o'tkazmoqda? Umuman mavsum jamoa uchun qanday kechmoqda?

- Mening fikrimcha "Andijon" jamoasi joriy mavsumdagi "syurpriz" jamoalardan biri. Men klubga endi qo'shilgan vaqtlarim, ko'pchilik "Andijon"ni o'rtamiyona va ligada jon saqlash uchun kurashadigan klublar qatorida deyishgandi. Hozir turnir jadvalida ancha baland o'rindamiz va biz natijamizni yanada yaxshilay olamiz.

- Mavsum yakunida nechta gol ursangiz o'zingizdan qoniqasiz. Masalan 15ta yoki 20ta?

- Men har doim har bir uchrashuvda gol urishga harakat qilaman va bu mening ishim. Mening asosiy maqsadimiz "Andijon"ga foyda keltirish.

- Dragan CHeran to'rt mavsumdan buyon Superligada eng yaxshi to'purar bo'lib kelmoqda. Joriy mavsum siz Draganga asosiy raqobatchisiz. To'purarlar poygasida CHerani qo'vib o'ta olasizmi?

- Dragan bilan do'stmiz. Men Serb tilini bilaman va u bilan ko'p gaplashamiz. Men CHerandan ko'p narsa o'rgandim va hali hamon undan o'rganaman. U O'zbekistonda afsonaviy futbolchi hisoblanadi, men esa unga o'xshashga harakat qilaman. U juda tajribali va juda aqlii futbolchi.

- Superligada yaxshi mahalliy hujumchilar juda kam deb o'ylaysizmi? CHempionatimizdagi to'purarlarning deyarli barchasi horijlik futbolchilar.

- Men bunday o'ylamayman. Har bir hujumchi gol urishni biladi, lekin hujumchilarning maydonda bajaradigan vazifasi taktikaga bog'liq. Ha, hozircha eng ko'p gol urayotgan hujumchilarning barchasi legionerlar. Men hech kimni raqobatdosh sifatida ko'rmayman, ular mening do'stalrim. Men o'zimga o'zim eng katta raqobatchiman. Terma jamoangizda Eldor SHomurodov bor va u Italiyada to'p tepadi. Bu O'zbekistonda yaxshi hujumchilar borligidan darak beradi.

- "Olimpik"na qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng. Andijon viloyat hokimi sizga mashina vada qildi. Siz o'zingiz istagan mashina rusumini tanladingizmi?

- Men unga xohlagan mashinaningizni sovg'a qilavering dedim. Sababi bu sovg'a va men uni tanlamayman. U nimani istasa men qabul qilaman, chunki bu sovg'a. Men unga rahmat aytdim, sababi bu narsa shartnomamda yo'q edi. U o'zi istagan holda meni taqdirladi. Suhbat jarayonida u meni tabrikladi va muxlislarni xursand qilishda davom etishimni iltimos qildi.

- Yozgi transferlar oynasida sizga horij klublaridan taklif bo'ldimi?

- Ha, takliflar bo'ldi. Lekin men hozir "Andijon"daman va bor etiborimni jamoamning natijalarini yaxshilashga qaratganman. kimdur taklif bilan chiqsa marhamat mening agentim bilan gaplashsin. Men esa hozircha bandman. Amaldagi shartnomam bor.

- Ikkinchi davradan so'ng, turnir jadvalidagi nechinchi o'rin "Andijon" uchun qoniqarli bo'ladi?

- Bizning maqsadimiz eng yaxshi natijani qayd etish. Hozir biz turnir jadvalining markazidamiz. Muhimi bizda bosim yo'q va biz bemalol natijalarimizni yaxshilay olamiz. Mavsum yakunlanganida esa, jamoaning natijalariga baho bera olamiz.

- "Andijon" jamoasining futbolchilarning oyliklarichi bo'yicha qarzdor degan habar eshitdim? Klub futbolchilarga ikki oylik maosh qarzdor ekan. Bu to'g'ri malumotmi?

- Men jamoaning muammolari haqida gapirishni istamayman. Jamoa bir oila. Oila ichidagi muammolarni tashqariga olib chiqish noto'g'ri. "Andijon" mening oilam va men oilamdagi muammolarni o'zimning shahsiy muammolarimdek qabul qilaman va ularni hech kimga aytmayman.

- Mavsum yakunida sizga yana takliflar bo'lishi aniq. O'zbekistonda qolish niyatingiz bormi? Kelajagingiz haqida nimalar deya olasiz?

- Men hozir "Andijon"daman va asosiy maqsadim jamoaga yordam berish. Takliflar bo'lsa, men birinchi navbatda "Andijon" rahbariyati bilan gaplashaman. Men bu erda baxtliman va o'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Mavsum yakunida esa agentim bilan maslahatlashaman va takliflarni ko'rib chiqaman. Unga qadar esa men ko'proq gol urishim va jamoamga foyda keltirishim kerak.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика