So’nggi yangiliklar

08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри барчасини очиқлади  0 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  4 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  9 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2

Superligada unutilgan supergollar Yangiliklar

Superligada unutilgan supergollar

O'zbekiston chempionati tarixida 2010-yillardagi chiroyli gollarni yodga olamiz.

Rivaldo (Xorazm — Bunyodkor, 2009 yil)

2009 yilning bahorida dastlabki besh o'yinda ketma-ket g'alaba qozongan "Bunyodkor" turnir jadvalida 6-o'rinda borayotgan "Xorazm" maydoniga safar uyushtiradi. Ko'hna shahardagi uchrashuv kutilmaganda mezbonlarning hisob ochishi bilan boshlanadi. Biroq yulduzli tarkibga ega mehmonlar o'zlarini yo'qotib qo'ymaydi va tez orada hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo'limda esa "Oltin to'p" sohibi Rivaldo jarima zarbasidan so'ng jamoasiga g'alaba taqdim etgan.

VIDEO


Aleksandr Geynrix (Bunyodkor — Paxtakor, 2009 yil)

Bir necha yillar ilgari "Bunyodkor" va "Paxtakor" o'rtasidagi klassiko nufuzi to'g'risida chinakam futbol ishqibozlari yaxshi bilishsa kerak. 2009 yilgi derbida ham avvalgilari singari kurashlarga boy bo'ldi. 11-turdan oldin ikki etakchi oralig'idagi ochkolar nisbati 4 ochkoni tashkil etardi. Garchand "qaldirg'ochlar" birinchi bo'limdayoq bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramay, yakunda 2:1 hisobida g'alaba qozonadi. Biroq "sherlar" safida yagona golni urgan Aleksandr Geynrixning urinishi tomoshabinlarni ko'proq hayratda qoldirgan.

VIDEO


Mansur Saidov (Neftchi — Paxtakor, 2012 yil)

2012 yilgi mavsumning dastlabki 4 turidan keyin "Neftchi" va "Paxtakor" 8 ochkodan jamg'argan holda peshqadamlik qilishayotgandi. 5-turga kelib, ikki etakchi o'zaro ro'baro' keldi. Farg'onadagi muxlislarga to'lib-toshgan stadionda o'tgan uchrashuv murosasiz ruhda o'tdi. Garchand mehmonlar hisobni ochgan bo'lsa-da, vodiy jamoasi iroda namoyish etib, ketma-ket uch marotaba raqib darvozasiga yo'l topgan. Ayniqsa, Mansur Saidovning mohirona zarbasi Aleksandr Lobanovni ham tomoshabinga aylantirgan.

VIDEO


Dilyaver Abibulaev (Bunyodkor — OKMK, 2013 yil)

2013 yilgi to'qnashuvda olmaliqliklar yirik hisobda mag'lubiyatga uchraydi, ammo Dilyaver Abibulaev raqibning to'rtta goliga qaraganda chiroyliroq gol urgandi.

VIDEO


Artur Gevorkyan (Neftchi — Nasaf, 2015 yil)

Yangi mavsumning 10-turidan avval ikki va uchinchi o'rinda yonma-yon borayotgan "Neftchi" va "Nasaf" o'rtasidagi ochkolar farqi bittani tashkil qilardi. Farg'onada o'tgan bahsda qarshiliklar etakchisi Artur Gevorkyan jarima zarbasini mohirona ijro etib, mezbonlarning nafaqat qimmatli ochkolarni, balki 2-o'rinni ham tortib olgan.

VIDEO


Navro'zbek Alimov (Bunyodkor — Qizilqum, 2015 yil)

2015 yilgi chempionat doirasidagi to'qnashuvda Eldor SHomurodov tezkor gol urib, hisobni ochgan. Ammo navoiyliklar hujumchisi Navro'zbek Alimov oradan 5 daqiqa o'tar-o'tmas javob qaytarish bilan bir qatorda aylanma zarbasi bilan tomoshabinlarni hayratga sola olgan.

VIDEO


Otabek SHukurov (So'g'diyona — Buxoro, 2015 yil)

2015 yilgi chempionatning so'nggi turida "So'g'diyona" — "Buxoro" qarama-qarshiligi shiddatli o'tishi tabiiy edi. Sababi, "Buxoro" 23 ochko bilan turnir jadvalining so'nggi pog'onasida borayotgandi. 26 ochkoga ega "So'g'diyona" esa xavfli zonadan bitta yuqori pog'onada edi. SHu bois, ikkala jamoani ham faqat va faqat g'alaba qoniqtirardi. SHiddatli kurashga boy bo'lgan bahsda tomoshabinlar bir-biridan ajoyib 5 ta gol guvohi bo'lishdi. 4-daqiqada "Buxoro" yarim himoyachisi Otabek SHukurovning uzoq masofadan yo'llagan jarima zarbasi darvoza to'qqizligiga borib joylashdi. Safarda 3:2 hisobida zafar quchgan buxoroliklar biryo'la ikki pog'ona yuqorilab, chempionatda jon saqlab qolishni uddalaydi. Qolaversa, "So'g'diyona"ni o'zidan keyingi o'ringa tushirib yuboradi. Jizzaxliklar esa o'tish o'yinida "Oqtepa"ni 2:1 hisobida mag'lub etib, yangi mavsumni yana Oliy ligada boshlash imkoniyatini qo'lga kiritadi.

VIDEO


Eldor SHomurodov (Bunyodkor — Nasaf, 2016 yil)

2016 yilgi O'zbekiston chempionatining 25-turi doirasida "Bunyodkor" va "Nasaf" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. CHempionlik uchun kurash olib borayotgan ikki klub to'qnashuvi shiddatli ruhda o'tishi tabiiy edi, sababi "qaldirg'ochlar" 54 ochko bilan turnir jadvalida 2-o'rinda borayotgan bo'lsa, "ajdarlar" ulardan 3 ochko kam jamg'argan holda 3-o'rin bilan poytaxt klubining ketidan taqib qilayotgandi. Uchrashuvning 19-daqiqasida Akmal SHorahmedov birgina to'p uzatishi bilan SHomurodovni qulay vaziyatga chiqardi. "Bunyodkor" hujumchisi esa juda chiroyli tarzda to'pni darvozabon ustidan oshirib qo'ydi va uchrashuvdagi hisobni ochdi. Ushbu hisob o'yin oxirigacha saqlanib qoldi.

VIDEO


Iskandar SHoyqulov (Mashal — Paxtakor, 2017 yil)

2017 yilgi mavsum "Paxtakor" uchun ko'ngilsiz boshlandi. Jamoa 3 turda atigi 4 ochko jamg'ardi. Ustiga-ustak "sherlar" oxirgi turda o'z maydonida "Dinamo"ga yutqazgandi. 4-turda esa poytaxtliklar Muborakka safar uyushtirdi. "Mashal"ning mavsum boshiga tayyorgarligi raqibiga qaraganda yaxshi edi, bu o'yin davomida ham sezildi hamda yaqqol ustunlikka erishgan qashqadaryoliklar raqqib darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritdi. Ayniqsa, hisobni ochuvchi gol muallifi bo'lgan Iskandar SHoyqulovning zarbasi ajoyib ko'rinish oldi.

VIDEO


Islom Rashidxonov (Nasaf — Mashal, 2017 yil)

10-turdan o'rin olgan Qashqadaryo derbisida Rashidxonovning goli mezbonlarga 3 ochko taqdim etadi. Gol bo'lgandayam, golmisan gol desa arzigulik urinish bo'lgan.

VIDEO


Marat Bikmaev (So'g'diyona — Lokomotiv, 2017 yil)

2017 yilgi mavsumning 17-turida chempionat peshqadami "Lokomotiv" Jizzaxga safar uyushtirib, yirik g'alaba bilan ortga qaytadi. Raqib darvozasiga urilgan to'rtta goldan biriga Marat Bikmaev mualliflik qiladi. Tajribali hujumchi maydon markaziga yaqin nuqtadan kuchli zarba yo'llab, "So'g'diyona" posbonini ojiz qoldirgan.

VIDEO


Akrom Bahriddinov (Qizilqum — OKMK, 2017 yil)

Navoiyda o'tgan kombinatlar derbisi gollarga boy bo'lgan. Dastlab Kasminin mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, SHodmonov javob golini urgan. Keyinchalik mehmonlar yana oldinga chiqib olgan. Uchrashuv yakunlanish arafasida esa Bahriddinov nafaqat chiroyli to'p kiritdi, balki jamoasini mag'lubiyatdan asrab qoldi.

VIDEO


Aziz Turg'unboev (OKMK — Navbahor, 2018 yil)

Olmaliqda o'tgan bahsda Turg'unboev qoyilmaqom zarbasi bilan hisobni ochdi. O'zi nisbatan ishlatilgan qo'pollikga namanganlik yarim himoyachi labbay deya javob qaytardi.

VIDEO


Xurshid Muxtorov (OKMK — Nasaf, 2018 yil)

OKMK shu mavsum "Navbahor"dan tashqari "Nasaf"dan ham standart sovg'asini qabul qilib oldi. 26-turda "Nasaf" Olmaliqdan g'alaba bilan qaytdi. Gollardan birini mehmonlar futbolchisi Xurshid Muxtorov jarimadan urdi. Himoyachining urinishi har qanday reytinglarni bezab beradi.

VIDEO

Qadrli futbol ishqibozlari, yaqin o'tmishda chempionatda urilgan yana qaysi chiroyli gollarni bilasiz? Yuqoridagi ijrolardan o'zingiz yoqqanini hamda ro'yxatga kirmay qolgan gollarni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика