So’nggi yangiliklar

00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  1 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  7 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  1 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  18 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  20 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  462 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  5 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  2 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  8

Superligada kim "snayper" bo'ladi? Yangiliklar

Mamlakat birinchiligi tarixiga nazar solsak, eng ko'p to'purarlar "Paxtakor"dan chiqqan. Toshkent klubi vakillari jami 8 marotaba bu nomga ega chiqishigan. Bu borada 2-pog'ona Farg'onaning "Neftchi" jamoasiga tegishli — 6. Kuchli uchlikka "Bunyodkor" yakun yasaydi. "Qaldirg'ochlar"dan 5 ta to'purar chiqqan.

Oliy liganing dastlabki "Oltin butsa"sini "Paxtakor" azosi Valeriy Kechinov o'ziniki qilib olgan. 1992 yilgi mavsumda Kechinov raqiblari darvozasiga 24 marotaba to'p kiritib, chempionatning eng yaxshi to'purariga aylangan. 

O'zbekiston chempionatida jami 6 nafar legioner mavsum "bombardiriga" aylangan. Bular Rivaldo, Milosh Trifunovich, Oleksandr Pishur, Artur Gevorkyan, Tiago Bezerra va Dragan CHeran.

2010 yilgi mavsumda Alisher Xoliqov va Nosir Otaqo'ziev 13 tadan gol bilan barchadan yaxshi natija qayd etishgan, ammo bu chempionat tarixidagi eng past natija hisoblanadi.

Jafar Irismetov esa 2000 yilda 45 ta gol urib chempionatning eng yaxshi to'purariga aylangan va mavsumda gollar soni bo'yicha rekord o'rnatgan.

2021 yilgi mavsumda kim to'purar bo'ladi? Hozir bu borada "Paxtakor" vakili Dragan CHeran 16 ta goli bilan etakchilik qilyapti. 2-o'rindagi Temurxo'ja Abduxoliqovning hisobida 12 gol bor. Agar serbiyalik futbolchi kelasi 2 turda ham o'z o'rnini saqlab qolsa, chempionatimizning o'ziga xos rekordini o'rnatadi. Bunga qadar hech qaysi futbolchi qatorasiga 3 mavsum "Oltin butsa"ni yuta olmagan.

O'zbekiston chempionati to'purarlari:

1992 - Valeriy Kechinov ("Paxtakor") 24 ta gol

1993 - Rustam Do'rmonov ("Neftchi")  24 ta gol

1994 - Ravshan Bozorov ("Neftchi")  26 ta gol

1995 - Oleg SHackix ("Navbahor")  26 ta gol

1996 - Oleg SHackix ("Navbahor"), Jafar Irismetov ("Do'stlik")  23 ta gol

1997 - Jafar Irismetov ("Do'stlik")  34 ta gol

1998 - Mirjalol Qosimov ("Paxtakor"), Igor SHkvirin ("Paxtakor") 22 ta gol

1999 - Umid Isoqov ("Neftchi"), Baxtiyor Hamidullaev ("Andijon") 24 ta gol

2000 - Jafar Irismetov ("Do'stlik")  45 ta gol

2001 - Umid Isoqov ("Neftchi")  28 ta gol

2002 - Baxtiyor Hamidullaev ("Andijon")  22 ta gol

2003 - Marsel Idiatulin ("Qizilqum"), SHuhrat Mirholdirshoev ("Navbahor")  26 ta gol

2004 - SHuhrat Mirholdirshoev ("Navbahor") 31 ta gol

2005 - Anvar Soliev ("Paxtakor") 29ta gol

2006 - Pavel Solomin ("Traktor") 21 ta gol

2007 - Ilhom Mo'minjonov ("Quruvchi") 21 ta gol

2008 - Server Jeparov ("Bunyodkor") 19 ta gol

2009 - Rivaldo ("Bunyodkor") 19 ta gol

2010 - Alisher Xoliqov ("Neftchi"), Nosir Otaqo'ziev ("Olmaliq") 13 ta gol

2011 - Milosh Trifunovich ("Bunyodkor") 17 ta gol

2012 - Anvar Berdiev ("Neftchi") 19 ta gol

2013 - Oleksandr Pishur ("Bunyodkor") 19ta gol

2014 - Artur Gevorkyan ("Nasaf") 18 ta gol

2015 - Igor Sergeev ("Paxtakor") 23 ta gol

2016 - Temurxo'ja Abduxoliqov ("Lokomotiv") 22 ta gol

2017 - Marat Bikmaev ("Lokomotiv") 26 gol

2018 - Tiago Bezerra ("Paxtakor") 18 gol

2019 - Dragan CHeran ("Paxtakor") 23 gol

2020 - Dragan CHeran ("Paxtakor") 20 gol

2021 - ?

Krimec qaerda, "Paxtakor" Norchaevga "og'iz soladimi", CHeran jamoada qoladimi?

Muallif :
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика