So’nggi yangiliklar

10:25"Нефтчи" футболчиси "Қўқон-1912"га ўтиши мумкин  0 09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  6 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  6 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  1 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  1 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  1 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  3 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5

Superliga va Pro-liga klublari matbuot xizmati vakillari uchun seminar tashkil etildi Yangiliklar

Superliga va Pro-liga klublari matbuot xizmati vakillari uchun seminar tashkil etildi

Teglar :  Superliga
O'zbekistonda yangi futbol mavsumi start olishiga borgan sayin oz muddat qolmoqda.

Jamoa o'yinchi va murabbiylari qatori klublarning boshqa xodimlari ham yangi mavsumga qizg'in hozirlik olib borishmoqda. Klubning mavsum davomida uchrashuvlarni yuqori darajada o'tkazishida matbuot xizmatining o'rni ham beqiyos.

SHuni inobatga olgan holda Professional Futbol Ligasi Superliga va Pro-liga klublari matbuot xizmati vakillari uchun seminar tashkil etdi. Seminar davomida klublar media-bo'limi vakillarining o'tgan mavsum qilgan ishlari sarhisob qilindi va yangi mavsum uchun rejalar muhokama etildi.

2019 yildan etiboran har bir klub matbuot xizmatida matbuot kotibidan tashqari ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlaydigan va bevosita rasmiy saytni yurituvchi administrator hamda fotosuratchi ham faoliyat olib borishi shart, etib belgilandi. Zero hozirgacha deyarli barcha klublar matbuot xizmati ishini bir nafargina xodim yuritib kelgan. Natijada ayrim klublar o'yinlari yoritilishida kamchiliklar, xususan, fotosurat etishmasligi, o'yin uchun boshlang'ich tarkib yoki o'yindan so'ng uchrashuv natijasi haqida xabarlar klub saytiga joylanishi ko'pincha kechikkan.



SHu jihatlarni inobatga olgan holda yangi mavsumdan etiboran har bir klub o'z matbuot xizmati faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yishi tartibga solinadi va bu licenziyalash jarayonida albatta tekshiriladi.

Seminar davomida yangi mavsumda uchrashuvlarni keng yoritish, o'yin ichidagi va uning atrofidagi voqealarni muxlislar etiboriga tezkorlik va chiroyli tarzda etkazib berishda etibor qaratish lozim bo'lgan jihatlar tushuntirildi. O'zPFL va klublar matbuot xizmatlari hamkorlikda amalga oshiradigan loyihalar bafurja muhokama etib olindi.

Jumladan, o'tgan mavsumlarda ayrim klublar mavsumoldi fotosessiyani ancha yaxshi o'tkazgan. Bazi jamoalar esa futbolchi va murabbiylar ishtirokida fotosessiya tashkil etish masalasiga etiborsiz qarashgan. Klub matbuot xizmati mavsum davomida foydalanishi uchun o'yinchilar va murabbiylar shtabi mavsum startidan oldin fotosessiyada qatnashishi butun dunyoda bor tajriba. SHuni inobatga olgan holda, Professional Futbol Ligasi 2019 yilgi mavsumda ushbu masuliyatni o'z zimmasiga oladi va Superliganing barcha klublari PFL matbuot va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo'limi tomonidan uyushtiriladigan foto va video-sessiyada ishtirok etishadi.

Seminar davomida shu va boshqa masalalar bafurja muhokama etildi. Yakunda Superliga va Pro-liga jamoalari matbuot xizmati vakillariga licenziyadan o'tishi uchun sertifikatlar topshirildi.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика