So’nggi yangiliklar

01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  9 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:58А Серия. "Кальяри" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Superliga va Pro liga hakamlari uchun seminar tashkil etildi Yangiliklar

Superliga va Pro liga hakamlari uchun seminar tashkil etildi

Kecha O'zbekiston futbol associaciyasi majlislar zalida Superliga va Pro liga hakamlari uchun seminar bo'lib o'tdi.

Seminar o'ziga xos tanqidiy ruhda boshlandi va instruktorlar o'z nutqlari davomida mamlakatimizda futbol rivojlanayotgani, shu bilan birgalikda, uning rivojlanishida hakamlik alohida o'rin tutishi, bu borada hakamlardan har o'yinga yuqori tayyorgarlik ko'rish kerakligi va har bir hakam muntazam ravishda ishiga nisbatan jiddiy yondashishi lozimligiga urg'u berishdi.

Seminar davomida tajribali ekspertlar tomonidan tayyorlangan videoroliklar yordamida joriy yilgi Superliga bahslarida qayd etilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Yakkakurashlar vaqtidagi keskin vaziyatlarni o'rganish, jarima maydonchasi ichidagi qoida buzilishlari, o'yindan tashqari holatlar, qoidabuzarliklar darajasini aniqlash va shunga ko'ra jazo turlarini belgilash borasida tahliliy fikrlar aytildi. Bundan tashqari o'yin vaqtida futbolchilarning o'zaro hamda hakamga nisbatan munosabatlari, FIFA tomonidan yangilangan futbol qoidalari bo'yicha tushuncha berildi.


Seminar so'ngida hakamlarimiz ishtirokida jismoniy mashg'ulotlar o'tkazilib, yordamchi hakamlarga muammoli vaziyatlarda qanday chora ko'rish kerakligi bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика