So’nggi yangiliklar

19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  0 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  5 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   4 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  2 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  34 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  7 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  1 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  10 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  17

Superliga. "Surxon" o'z maydonida "So'g'diyona"ni mag'lub etdi, jizzaxliklar murabbiyi chetlatildi Yangiliklar

Superliga. "Surxon" o'z maydonida "So'g'diyona"ni mag'lub etdi, jizzaxliklar murabbiyi chetlatildi

Superliga 10-turidan joy olgan Surxon" – "So'g'diyona" uchrashuvi yakunlandi.

"Surxon" – "So'g'diyona" 1:0

31 may. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:00

Bosh hakam: Ibrohim Ismoilov

Qanot hakamlari: Ruslan Samandarov, Amal Sultonov

Zaxira hakami: To'rabek Suyunov

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Nikita Afinogenov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: SHohruh Said

Gol: 1:0 — 68, Behruz SHaydulov.

"Surxon": 16.Dilshod Yo'ldoshev, 2.Bobur Asqarov (99.Kamron Saidazimov, 89), 4.Nodirxon Nematxonov, 7.Doston Tursunov (77.Asadbek Karimov, 83), 8.Humoyun SHerbo'taev, 10.Dmitriy Pletnyov (6.Behzod SHamsiev, 83), 14.Sarvar Abduhamidov (3.Sunnatillo Hamidjonov, 60), 17.Jahongir Abdusalomov, 19.Muhammadali Abdurahmonov (27.Asilbek Jumaev, 89), 23.Egor Krimec, 66.Behruz SHaydulov.

Zaxira: 86.Davron Merganov, 20.Sardor Mahmudov, 22.Javohir Jo'raev, 55.SHohjahon Sultonmurodov.

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 3.Islom Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 5.Jasur Yoqubov (17.Samandar Sindarov, 59), 8.Vladimir Yovovich, 9.Samandarjon Mavlonqulov, 11.Zoran Petrovich (6.Alisher Salimov, 77), 14.Lyupcho Doriev, 22.Aleksey Nosko (28.Stanislav Andreev, 52), 32.Nodirjon Soyibov, 33. Oleg Zoteev.

Zaxira: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 18.Mirjalol Abdumutalov, 30.Ibrohim To'raqulov, 42.Sardor Erkinov, 63.Nizomiddin Farhodov, 90.Ulug'bek Kenjaev.

Ogohlantirish: Jasur Yoqubov (34), Sarvar Abduhamidov (58), Islom Qobilov (64), Humoyun SHerbo'taev (90+2), Ivan Boshkovich (90+3).

CHetlatish: Ivan Boshkovich (o'yin tugagandan keyin, "So'g'diyona" bosh murabbiyi).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+5. Xavfli vaziyat! "Surxon" futbolchisi Abdusalomov o'ta qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Aniqrog'i, Andreev jamoasini qutqardi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Surxon"da yana ikki o'zgarish amalga oshirildi.

83. "Surxon"da ham o'zgarishlar bo'ldi.

77. "So'g'diyona"da o'zgarish ro'y berdi.

75. Zarba! Burchakdan uzatilgan to'pga Ahadov bosh bilan zarba yo'lladi, ammo uning urinishi muvaffaqiyatsiz chiqdi.

73. Mehmonlarda standart vaziyat yuzaga keldi. Yovovichning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, "Surxon" darvozaboni qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

68. GOL! Abdurahmonovning zarbasini Mitrovich qaytardi, qaytgan to'pni SHaydulov "So'g'diyona" darvozasiga joylab qo'ydi!


64. "So'g'diyona" himoyachisi Islom Qobilov raqib o'yinchisiga nisbatan qoidabuzarlik uchun ogohlantirildi. 

61. Zarba! Dorievning o'ng oyoqda yo'llagan kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

58. Sarvar Abduhamidov raqib futbolchisiga qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi. Qizig'i, to'qnashuvda uning o'zi shikastlandi.

57. Mezbonlarda standart vaziyat yuzaga keldi. SHerbo'taevning jarimadan uzatgan to'pini jizzaxlik himoyachilar bartaraf etdi.

54. Zarba! Yovovichning xavfli zarbasidan so'ng Yo'ldoshev  qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

52. "So'g'diyona"da o'zgarish: birinchi bo'limda kichik jarohat olgan Nosko o'rniga Andreev maydonga tushirildi.

50. Xavfli vaziyat! Mavlonqulov raqib darvozabonining xatoasidan so'ng o'tkir burchakdan bo'sh qolgan darvoza ishg'ol qila olmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+3. Zarba! Mehmonlarning so'nggi hujumi zarba bilan yakunlandi. Yo'ldoshev qiyinchilik bilan o'tkir burchakka tashlanib, to'pni egallab oldi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

42. Zarba! Doriev chap qanotdan jarima maydoniga kirib borib, zarba yo'lladi, biroq Yo'ldoshev ishonchli harakat qildi.

37. Xavfli vaziyat! "Surxon"ning burchakdan amalga oshirilgan standarti zarba bilan yakunlandi, ammo himoyachilarga yordamga etib kelgan Mavlonqulov to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

34. Jasur Yoqubov Abduhamidovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

29. Zarba! Yovovich chap qanotda bir raqibini aldab o'tib, zarba yo'lladi, uning urinishiga aniqlik etishmadi. Keyngi daqiqada jizzaxliklar o'yinchisi yana faollik amalga oshirdi.

26. Doriev uzoq masofadan yana o'z omadini sinab ko'rdi, ammo bu urinish ham noaniq.

25. "So'g'diyona" standarti Mavlonqulovning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

24. Xavfli vaziyat! Zoteev chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, markaz tomon pas berdi, ammo uning sheriklariga to'pga etolmadi.

21. Burchakdan uzatilgan to'p Dorievning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

19. Mezbonlarning ofsayd deb topilgan hujumida to'p darvoza ustuniga tegishi bilan yakunlandi.

18. Doriev so'nggi ikki daqiqada ikkita xavfli vaziyat yuzaga keltirdi.

16. Maydon markazida Yovovichga nisbatan qoidabuzarlik sodir etildi.

12. Zarba! Pletnyovning 30 metrlardan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

8. Noskoning oyoq mushaklari tortishib qoldi, himoyachi jarohat olgan ko'rinadi.

4. Zarba! Mehmonlar tomonidan yo'llagan zarbani Yo'ldoshev ishonchli tarzda egallab oldi.

2. Xavfli vaziyat! "So'g'diyona" jarima maydonida Bobur Asqarov raqib darvozasiga aniq zarba yo'llay olmadi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Surxon" futbolchilari to'q binafsharang, "So'g'diyona" o'yinchilari qora-oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика