Superliga. "Qo'qon-1912" o'z uyida "Nasaf" bilan durang o'ynadi
13 sen 2018 19:50
Yangiliklar
Superliga. "Qo'qon-1912" o'z uyida "Nasaf" bilan durang o'ynadi
Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin.
O'yin boshlandi. 3-daqiqada Bobir Abduxoliqovni darvozaga yo'llagan to'pini O'tkir Yusupov qaytardi. 7-daqiqada G'iyos Komilovning bosh bilan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.
18-daqiqada Ravshan Ermatov mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. Bobir Davlatovning 11 metrli jarima to'pidan yo'llagan zarbasini O'tkir Yusupov qaytardi.
22-daqiqada SHarof Muhitdinovning kuchli zarbasi xavfli lekin noaniq chiqdi.
Birinchi taymda hisob ochilmadi.
63-daqiqada Javohir Sidiqov jarima to'pidan chiroyli gol urdi - 1:0.
70-daqiqada chap qanotdan oshirilga to'pni Bobir Abdixoliqov darvozaga yo'lladi - 1:1.
77-daqiqada Bobur Davlatovning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.
Superliga-2018
13.09.2018, 23-tur
"Qo'qon-1912" - "Nasaf" 1:1
"Markaziy" stadion. Qo'qon sh. 18:00da
Hakamlar: Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Davron Akmalov
Nazoratchi: Radik Seraziddinov
Komissar: Baxtiyor Namozov.
Gollar: Javohir Sidiqov 63, - 1:0. Bobir Abdixoliqov 70, - 1:1 (Saydullo Rahmatov).
Amalga oshirilmagan penalti: Bobur Davlatov 18 (darvozabon)
“Qo'qon-1912”: 1. O'tkir Yusupov, 5. G'iyos Komilov, 10. Javohir Sidiqov, 15. Oybek Rustamov, 17. Quvondiq Ro'ziev, 19. Suhrob Berdiev (96. Muhammadanas Hasanov -84), 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 70. Jasur Hakimov (4. Bahodir Akramov, - 87), 79. Iqbol Malikjonov (9. Nosir Otaqo'ziev – 84).
Zaxira: 71. Sarvar Karimov, 11. Firdavs Asadov, 38. Doston Meliqo'ziev, 41. Saveliy Abramov, 78. Bexruz Sadilloev, 97. Muslim Qurbonov.
“Nasaf”: 35. Sanjar Quvvatov, 4. Maqsud Karimov, 5. G'olib G'aybullaev, 7. Odil Hamrobekov, 9. Amir Safarov (38. Akmal Mozgovoy – 89), 10. Bobur Abduxoliqov, 14. SHarof Muhitdinov, 17. Doniyor Narzullaev, 18. Bobur Davlatov (27. Islom Rashidxonov – 82), 31. Saydullo Rahmatov (15. Dilshod Saitov -72), 92. Umar Eshmurodov.
Zaxira: 1. Umid Ergashev, 65. Mashhur Muhammadjonov, 2. Sardor Sadullaev, 28. Xurshid Muxtorov, 52. SHerzod Temirov.
Ogohlantirishlar: G'olib G'aybullaev 24, Doniyor Narzullaev 35, Iqbol Malikjonov 77.
Fikrlar