So’nggi yangiliklar

23:05ЖЧ-2026 саралаши. Эрон Қатарни йирик ҳисобда мағлуб этиб, гуруҳда биринчи ўринга кўтарилиб олди  74 22:45Ла Лига президенти ФИФАдан Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатини бекор қилишни талаб қилди  2 21:56Бобир Абдихолиқов: "Халқимизни ғалаба билан табриклайман. Муҳим уч очкони қўлга киритдик"  22 21:38ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси КХДРни мағлубиятга учратди  12 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА 1:0  20 21:14"Ҳар бир олинган очко бизни Жаҳон чемпионатига яқинлаштирмоқда" – Отабек Шукуров  41 20:40ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон Тошкентдаги ажойиб оқшомда БААдан устун келди  583 20:15Погба: "Ҳеч қачон "ҳеч қачон" дейиш керак эмас"  4 19:48Бонуччи фаолиятидаги энг мураккаб рақибни айтди — у Месси ёки Роналду эмас  1 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  1 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  6 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  19 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  11 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1

Superliga. "Turon" Navoiyda "Qizilqum"ga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Superliga. "Turon" Navoiyda "Qizilqum"ga mag'lub bo'ldi

Teglar :  QizilqumTuron
Superliganing 21-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Turon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


QIZILQUM – TURON 2:1 (TUGADI)
3 oktyabr 2021. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 18:00
Hakamlar:
Abdurashid Xudoyberganov, Bektursin Kannazarov, Jalg'asbay Sarsenov, Ravshan Abdivohidov
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Komissar: Oybek Yunusov

Gol: Elguja Grigalashvili 38, 1:0, Muzaffar Muzaffarov (pen) 61, 1:1, Elguja Grigalashvili

Qizilqum”: 1.Ignatiy Nesterov, 6.Erkin Baydullaev, 7.Islom Kenjaboev, 8.Giorgi Kuxianidze, 14.Fayzulla Qambarov, 18.Jasur Azimov ( 9.Behruz Sadilloev,) 19.Jamshid Hasanov ( 17.Salim Mustafoev 73), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 30.Elguja Grigalashvili (10.Mate Vatsadze, 81), 75.Oleg Tolmasov.
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 11.SHamsiddin Sagdullaev,, 25.Azizbek Usmonov, 44.Humoyun Abdualimov, 71.Timur Nabiev, 92.Vladislav Aleksin.

"Turon": 87.Akmal Ortiqov, 6.Sardor Abduraimov, 7.Sunnatillo Abdullajonov, 9.Humoyun Murtozaev (11.Asilbek Qayyumov, 82) , 10.Ixtiyor Toshpo'latov, 17.Muzaffar Muzaffarov, 18.Fozil Musaev, 19.Vladislav Kasminin, 22.Abdulazizxon Abdurashidov (43.Kim Boyong 46), 55.Dayan Ponevich, 77.Bilolxon Toshmirzaev.
Zaxira: 1.Nizomiddin Ziyovutdinov, 3.Davron Umirov, 5.G'iyos Komilov, 14.Doniyor Ismoilov, 23.Otabek Zokirov, 25.Ismoiljon Ohunjonov, 30.Sinisha Babich, 

Ogohlantirish: Sardor Abduraimov ("Turon") 42, Vladislav Kasminin ("Turon") 78, Salim Mustafoev ("Qizilqum") 88


YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. 

90+3. ZARBAAAAAAAAA. Behruz Sodilloevning zarbasini Akmal Ortiqov qaytardi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

89. ZARBAAAAAAAAAA. Islom Kenjaboev katta tezlik bilan oldinga o'tib zarba yo'lladi. Zarba noaniq. 

88. OGOHLANTIRISH. "Qizilqum", Salim Mustafoevga sariq kartochka ko'rsatildi. 

87. ZARBAAAAAAA. Behruz Sodilloevning zarbasi juda kuchli va noaniq. 

82. O'ZGARISH. "Turon", Humoyun Murtazoev o'rniga Asilbek Qayumov maydonga tushdi. 

81. O'ZGARISH. "Qizilqum", Elguja Grigalashvilining o'rniga Mate Vatsadze tushirildi. 

78. OGOHLANTIRISH. "Turon", Vladislav Kasminin ogohlantirildi. 

76. Bilol Toshmirzaevning zarbasidan so'ng to'pni Kuxianidze maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

73. O'ZGARISH. "Qizilqum", Jamshid Hasanov o'rniga Salim Mustafoev maydonga tushdi.



72. GOOOOOOOOOOOL. Elguja Grigalashvili "Turon" jarima maydonchasi ichida Hasanovdan to'pni qabul qilib oldi va kuchli zarba yo'lladi. Gruziyalik futbolchidan dubl.

69. Yaypanliklar raqib jarima maydonchasi tomon pressingni kuchaytirdi. Maydon egalari qarshi hujumda imkoniyatini kutmoqda. 

67. GOOOOOOOOOOOOL.  YO'Q. "Turon" hujumchisi Sunnatilla Abdullajonovning goli hisobga olinmadi. Futbolchi o'yindan tashqari holatda qolgandi. 

65. O'ZGARISH. "Qizilqum", Jasur Azimov o'rniga Behruz Sodilloev tushdi. 


61. GOOOOOOOOOOOOOL. Muzaffar Muzaffarov 11 metrlik nuqtadan zarbani aniq amalga oshirdi. 

60. PENALTIIIIIIII. "Turon" hujum uyushtirdi. O'ng qanotdan Fozil Musaevning uzatmasidan so'ng Humoyun Murtazoev darvozaga zarba bermoqchi bo'ldi. Biroq yiqitildi. 

56. "Turon" bosimni oshirmoqda. Hujumda vaziyatlar yuzaga kelyapti. Keskinlik oshdi. 

50. ZARBAAAAAAAA. Muzaffar Muzaffarovning jarimadan yo'llagan zarbasidan so'ng Nesterov qiyinchilik bilan to'pni qaytardi. Qaytgan to'pga hech kim bormadi. 

46. O'ZGARISH. "Turon", Abdulazizxon Abdurashidov o'rniga Kim Boyong maydonga tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45+1. ZARBAAAAAAAAAAA. Ixtiyor Toshpo'latov juda qulay vaziyatni ko'kka sovurdi. Bilol Toshmirzaev juda yaxshi uzatmani amalga oshirdi. Hujumchi yaqin masofadan gol ura olmadi. Biroz sovuqqonlik zarur. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

42. OGOHLANTIRISH. "Turon", Sardor Abduraimovga sariq kartochka ko'rsatildi. 


38. GOOOOOOOOOOOOL. Uchrashuvda hisob ochildi. CHap qanotdan yuqoridan uzatilgan to'pdan so'ng Elguja Grigalashvili boshi bilan to'pni raqib darvozasiga yo'lladi. 

31. UXXXXXX. Sardor Abduraimovning zargarona uzatmasini Ixtiyor Toshpo'latov golga aylantira olmadi. 

29. Sunnatilla Abdullajonov o'z qanotida faol. 

13. Georgiy Kuxianidzening zarbasi noaniq. 

10. ZARBAAAAAAA. "Turon" hujum uyushtirdi. Humoyun Murtazoevning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

O'yin boshlandi. 

- Uchrashuv 18:00da boshlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика