So’nggi yangiliklar

11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  2 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   4 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  5 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  6 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5 02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  35 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  30 00:53"Реал"нинг Хёйсенни четлатилиши бўйича берган апелляцияси рад этилди  1

Superliga qaytmoqda! "Buxoro" - "Bunyodkor" uchrashuvi uchun prevyu Yangiliklar

Superliga qaytmoqda! "Buxoro" - "Bunyodkor" uchrashuvi uchun prevyu

Bugun 14 avgust kuni Coca Cola Superligasi 9-turidan o'rin olgan qoldirilgan bahs bo'lib o'tadi.

Aslida mazkur bahs 14 iyul kuni bo'lib o'tishi kerak edi, biroq "Bunyodkor" klubi azosida koronavirus infekciyasi aniqlangani bois o'yin boshya muddatga qoldirilgandi. "Buxoro" bu mavsum g'alaba qozona olmagan uchta klubdan biri bo'lib turibdi. "Bunyodkor" esa oxirgi uchta turda umuman mag'lub bo'lgani yo'q.

Superligada yuzaga kelgan ikkinchi majburiy tanaffus vaqtida "Buxoro" murabbiylar shtabida o'zgarish yuzaga keldi. Muhsin Muhammadiev bilan kelishilgan holda shartnoma bekor qilindi va uning o'rnini Jamshid Saidov egalladi. Murabbiylar shtabiga ruminiyalik Avgustin CHirita keldi, Nikolay Minchev esa texnik direktor lavozimida ish boshladi. Jamoaga Maksimilian Fomin va Ilhom Alijonov kabi himoyachilar kelishdi. Mart oyida o'z yurtiga uchib ketgan kanadalik legioner Milovan Kapor esa yaqinda "Atletiko Ottava" klubi bilan shartnoma tuzdi.

"Bunyodkor"da esa klub rahbariyatida o'zgarish yuzaga keldi. Bosh direktor Ulug'bek Mirzaev o'rniga Ayniddin G'iyosov tayinlandi. Jamoaning sobiq azosi Xurshid G'iyosov yana "Bunyodkor"ga qaytdi. "Mashal"dan ijaraga olingan Humoyun Murtozaev va Sardor Abduraimov Muborak klubiga qaytib ketishdi.

"Buxoro" va "Bunyodkor" klublari hozirga qadar O'zbekiston chempionatida 26 marta to'qnash kelishgan. Katta ustunlik "qaldirg'ochlar" tomonida. 19 bor Toshkent klubi g'olib bo'lgan, 6 bor durang qayd etilgan va faqat bir marta "Buxoro" zafar quchgan.

O'zaro oxirgi 7ta uchrashuvda "Buxoro" umuman g'alaba qozona olmagan. O'tgan mavsumda bu ikki klub o'rtasidagi har ikkala bahs ham durang natijasi bilan tugagan.

Bu jamoalarning U-21 Birinchiligi doirasidagi o'yini 15 avgust kuni bo'lib o'tishi kerak edi. Biroq kecha ushbu bahs 30 avgustga qoldirilgani haqida xabar berildi. Buning sababi yozilgani yo'q.



Coca Cola Superliga. 9-tur
«BUXORO» – «BUNYODKOR»
14 avgust. Toshkent. «Paxtakor» stadioni. 19:00 (Sport TV LIVE)
Hakamlar:
Akobirxo'ja SHukurullaev, Hasan Nabiev, Daler Tilloev, Ahmadjon Ergashev.
Nazoratchi: Sardor Najafaliev.
Komissar: Jahongir Rahmatullaev.



Muallif taxmini: Ikkala jamoada ham o'zgarishlar bo'ldi. Biroq bu o'yinda "Bunyodkor" baribir favorit. Agar vaziyatlardan unumli foydalana olishsa Abramov shogirdlari kichik hisobda g'alaba qozonishlari mumkin - 2:1.


Buxoro

Jasur Hasanov - 78'

Superliga. 9-tur

14/08/2020, 19:00

1
:
1
Tugadi

Bunyodkor

Islom Qobilov - 22'

45'
90'
5'  Bekzod Sayidov
11'  Solibek Karimov
64'  Anvarzhon ZHo'raev (Suhrob Ne’matov)
69'  Jasur Hakimov (Izzat Abdullaev)
73'  Zohir Pirimov (Behruz Sadilloyev)
73'  Azizbek Amonov (SHahzod Beshimov)
78'  Jasur Hasanov
22'  Islom Qobilov
22'  Sanzhar Qodirqulov
55'  Valeriy Akopov (Selim Nurmuradov)
55'  Shahboz Erkinov (Mirzhahon Mirahmadov)
84'  Farrux Ikromov (Bahodir Pardayev)



Narzulla tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика