Superliga. OKMK o'z maydonida "Paxtakor"dan ustun keldi
16 mar 21:55
Yangiliklar


Superliga. OKMK o'z maydonida "Paxtakor"dan ustun keldi
OKMK — "Paxtakor" 2:0
16.03.2025
Bosh hakam: Asker Najafaliev
Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Zaxira hakami: Rustam Choriev
Nazoratchi: Zokir Qodirov
VAR: Rustam Lutfullin
AVAR: Kristina Sereda
Komissar: Shohruh Said
Gol: Nodir Abdurazzoqov (Xurshid G'iyosov) 16, 1:0, Ali Abdurahmonov (Asadbek Sobirjonov) 88, 2:0
OKMK: Javohir Ilyosov, Sardor Rahmonov, Giorgi Papava (Abror Sarimsoqov, 76), Avazbek O'lmasaliev, Dilshodbek Ahmadaliev, Xurshid G'iyosov, Oybek Rustamov, Islom To'xtaxo'jaev, Saidafzalxon Ahrorov, Ajak Riak ( Ali Abdurahmonov, 83), Nodirbek Abdurazzoqov (Asadbek Sobirjonov, 83)
Zaxira: Dilshod Yoqubov, Eldor Begimov, Akbar O'ktamov, Ahmadullo Muqimjonov, Arixiro Sentoku, Abubakir-Rizo Turdialiev,
"Paxtakor": Jonatan, Xojiakbar Alijonov, Abdulla Abdullaev, Shahzod Azmiddinov, Umar Adhamzoda (Abdurauf Bo'riev, 76), Jonatan Lukka, Sardor Sobirxo'jaev, Flamarion, Diyor Xolmatov (Brayan Riaskos,46) Doston Hamdamov (Muhammadali O'rinboev, 46), Igor Sergeev (Otabek Jo'raqo'ziev, 59)
Zaxira: Vladimir Nazarov, Muhammadrasul Abdumajidov, Muhammadqodir Hamraliev, Mahmud Mahammadjonov, Ibrohim Ibragimov, Otabek Jo'raqo'ziev,
Ogohlantirish: Oybek Rustamov (OKMK) 30, Xurshid G'iyosov (OKMK) 51, Saidafzalxon Ahrorov (OKMK) 87, Abror Sarimsoqov (OKMK) 90
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
Uchrashuv yakunlandi.
90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
90. OGOHLANTIRISH. OKMK, Abror Sarimsoqov
88. GOL. OKMK uchrashuvga mantiqiy yakun yasadi. Zaxiradan maydonga tushgan Ali Abdurahmonov "Paxtakor" darvozasini ishg'ol qildi.
83. O'ZGARISH. OKMK, Ajak Riak o'rniga Ali Abdurahmonov, Nodirbek Abdurazzoqov o'rniga Asadbek Sobirjonov tushdi.
81. "Paxtakor" jarima zarbasidan to'pni o'yinga kiritdi, Lukkaning jarima maydonchasi ichidagi zarbasini Ilyosov ushlab oldi.
79. OGOHLANTIRISH. Saidafzalxon Ahrorov, OKMK.
76. O'ZGARISH. OKMK, Giorgi Papava o'rniga Abror Sarimsoqov, "Paxtakor"da Umar Adhamzoda o'rniga Abdurauf Bo'riev tushdi.
76. Penalti yo'q. Burchak zarbasi.
75. Rahmonov va Riaskosning jarima maydonchasi ichidagi to'qnashuvi VARda ko'rilmoqda. Ehtimoliy penalti!
70. "Paxtakor"dan keskin hujum. Ahmadaliev to'p yo'liga g'ov bo'ldi.
68. Riak jamoadoshining uzatmasiga etib kela olmadi. U jarima maydonchasi ichida edi.
64. Uchrashuvda o'yin tempini yuqori deb bo'lmaydi. OKMK raqibdan kelib chiqib o'ynamoqda.
59. O'ZGARISH. "Paxtakor", Igor Sergeev o'rniga Otabek Jo'raqo'ziev tushdi.
53. Qosimov "Paxtakor"ni yaxshi o'rganibdi. Flamarionga to'p kelishi bilan darhol ikki kishi zararsizlantirmoqda.
46. O'ZGARISH. "Paxtakor", Diyor Xolmatov o'rniga Brayan Riaskos, Doston Hamdamov o'rniga Muhammadali O'rinboev tushdi
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
45. OKMK yaxshi hujum tashkil qildi. G'iyosov va Riak oldingi chiziqda keskinlik yarata olishdi.
31. OKMK raqibiga bo'sh xududlar bermayapti.
29. OGOHLANTIRISH. OKMK yarim himoyachisi Oybek Rustamov Diyor Xolmatovni ushlab qolgani uchun ogohlantirildi.
26. OKMK raqib jarima maydonchasiga pressing qilmoqda. Rahmonov va Sobirxo'jaev to'qnashib ketishdi.
20. To'p nazorati "sherlar" tomonida. O'yin tempi o'rtacha davom etmoqda.
19. ZARBA. Lukkaning zarbasi darvoza to'siniga tegdi.
16. GOL. OKMK uchrashuvda hisobni ochdi. Riak-G'iyosov-Abdurazzoqov kombinaciyasi gol bilan yakunlandi. Nodirbek Abdurazzoqov G'iyosovning uzatmasini golga aylantirdi.
7. Umar Adhamzoda o'z qanotidan jarima maydonchasi ichiga qulay uzatma berdi. Lekin u erda uzatmani golga aylantiradigan futbolchi topilmadi.
- O'yin boshlandi.
- Jamoalar maydonga chiqib keldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
OKMK oʻz maydonida mish .....
Vay blin
shunaqa ham tarafkashlik boʻladimi....
yozmaysan mi chempioni magʻlub qildi deb...
Yoki Mirjalol Portugaliyalik murabbiyni magʻlub qildi deb
hech kim soʻkmasdi