So’nggi yangiliklar

08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  0 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  1 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  1 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  3 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  1 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  6 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  11 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  1 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  1 23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  80 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  1

Superliga. "Nasaf" o'z uyida "Qizilqum" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Superliga. "Nasaf" o'z uyida "Qizilqum" bilan durang o'ynadi

Teglar :  Nasaf Qizilqum
Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


O'yinning 20-daqiqasida mezbonlar hisobni ochish uchun juda qulay imkoniyatga ega bo'lishdi. Bobir Davlatov chamasi 3-4 metrlar masofadan to'pni darvozaga yo'lladi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.  21-daqiqada Smitning o'ng qanotdan havolatib jarima maydonchasiga uzatgan to'pini Elguja Grigalashvili bosh bilan darvozaga noaniq yo'naltirdi. 

32-daqiqada Saitovning havodan uzatga to'pini Humoyun Murtozaev darvozaga yo'lladi, noaniq. 39-daqiqada Azizjon G'anievning jarimadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

42-daqiqada Murod Bobojonov chap qanotdan bir o'zi jarima maydonchasiga kirib bordi va to'pni Grigalashviliga uzatdi. Elgujaning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini raqib himoyachilari bartaraf etishdi.

Birinchi taym tugadi.

47-daqiqada Elguja Grigalashvilining uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.

49-daqiqada burchakdan uzatilgan to'pni Murod Bobojonov boshi bilan darvzaga aniq yo'lladi. To'p darvoza ustuniga tegib to'rga yo'l oldi - 0:1.

Oradan 2 daqiqa o'tgach maydon egalari hujumchisi Humoyun Murtozaev hisobni tenglashtirdi - 1:1. 

64-daqiqada Humoyun Murtazoev o'ziga xos "fint" ishlatib uch himoyachini aldab o'tdi va darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi. To'p darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.

71-daqiqada Medina Smitning zarbasi xavfli lekin noaniq bo'ldi.

74-daqiqada "Nasaf" himoyachilari xavfni bartaraf etishdi va tezkor hujum uyushtirishdi. Bobir Davlatovning chamasi 18 metrlardan yo'llagan zarbasi noani chiqdi.

85-daqiqada burchakdan uzatilgan to'pni Humoyun Murtazoev boshi bilan darvozaga yo'naltirdi, noaniq.

O'yinda 1:1 hisobi qayd etildi.


Superliga, 8-tur
NASAF – QIZILQUM 1:1
10 may 2019 yil. Qarshi. "Markaziy" stadion. 20:00
Hakamlar:
SHerzod Qosimov, Alisher Usmonov, Sanjar SHoyusupov, SHuhrat Rajabov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Jamshid Imomov

Gollar: Murod Bobojonov 49, - 0:1. Humoyun Murtozaev 51, - 1:1.

“Nasaf”: 35. Abduvohid Nematov, 5. G'olib G'aybullaev, 6. Azizjon G'aniev, 8. Dilshod Saitov, 9. Xumoyun Murtozaev, 17. Doniyorjon Narzullaev (77. Oybek Bozorov, 46), 18. Bobir Davlatov (27. Islom Rashidxonov, 80), 19. Sardor Abduraimov, 20. Islom Kenjaboev (14. SHarof Muxitdinov, 70), 28. Xurshidbek Muxtorov, 92. Umarbek Eshmurodov
Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 2. Sardor Sadullaev, 4. Xusniddin Aliqulov, 16. Alisher Yusupov, 22. Akmal Mozgovoy, 30. Xudoyorxon Sagdullaev,

“Qizilqum”: 22. Artem Makosin, 4.Erkin Boydullaev, 7.Murodbek Bobojonov (10. Alisher Sanoev, 62), 17. Salim Mustafoev, 18. Eldor Boymatov, 21. Muhsinjon Ubaydullaev, 23. SHerali Jo'raev, 30. Elguja Grigalashvili (19. Mirjalol Qosimov, 82), 36. Xurshidjon Olimov (9. Humoyun Abdualimov, 85), 44. Maqsud Karimov, 99. Ariagner Smit Medina
Zaxira: 8. Akmal Rustamov, 25. Azizbek Usmonov, 28. Sardor Jahonov, 97. Suhrobjon Yarashov

Ogohlantirishlar: Muhsin Ubaydullaev 38, Humoyun Abdualimov 89, Azizjon G'aniev 90+3, Medina Smit 90+4.


Nasaf

Humoyun Murtozaev - 51'

Superliga. 8-tur

10/05/2019, 20:00

1
:
1
Tugadi

Qizilqum

Murod Bobojonov - 49'

45'
90'
46'  Doniyor Narzullayev (Oybek Bozorov)
51'  Humoyun Murtozaev
70'  Islom Kenzhaboev (Sharof Muhitdinov)
80'  Boburbek Davlatov (Islom Rashidxonov)
90'  Aziz G'aniyev
38'  Muhsin Ubaydullaev
49'  Murod Bobojonov
62'  Murod Bobojonov (Alisher Sanayev)
82'  Elguzha Grigalashvili (Mirjalol Qosimov)
85'  Xurshid Olimov (Humoyun Abdualimov)
90'  Medina Smit


Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика