Superliga: "Nasaf" - "Neftchi" va 12-turning qolgan bahsli vaziyatlari yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi
24 iyu 13:44
Yangiliklar
Superliga: "Nasaf" - "Neftchi" va 12-turning qolgan bahsli vaziyatlari yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi
12-tur doirasida o'tkazilgan o'yinlarda jami 10 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.
Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin.
1-vaziyat: "Surxon" - "Metallurg" o'yini: qizil kartochka.
"Surxon" - "Metallurg" bahsining 45+2-daqiqasida termizliklarning 19-raqamli futbolchisi bekobodliklarning 4-raqamli azosiga qarshi juda qo'pol harakat qilgan. Bosh hakam Firdavs Norsafarov darhol futbolchiga qizil kartochka ko'rsatdi va uni maydondan chetlatdi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda futbolchi raqibining oyoq himoyalanmagan qismiga butsasining tag qismi bilan oyog'ini bosgan. SHu sabab hakamlarning qizil kartochka bo'yicha chiqargan qarori to'g'ri, deb topildi.
2-vaziyat. "Surxon" - "Metallurg" to'qnashuvi: bahsli penalti.
"Surxon" - "Metallurg" uchrashuvining 83-daqiqasida nominal mezbonlarning 77-raqamli futbolchisi raqibi darvozasi tomon hujum amalga oshirdi. U mezbonlar himoyachisini aldab o'tayotgan chog'da himoyachi uning oyog'ini bosib oldi. Bosh hakam Firdavs Norsafarov nuqtaga ishora qildi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda mehmonlar himoyachisi hujum qilayotgan futbolchini qo'pollik bilan to'xtatib qolgan. Penalti belgilash uchum asos etarli va shu sabab, komissiya tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb hisoblandi.
3-vaziyat: "Nasaf" - "Neftchi" qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.
"Nasaf" - "Neftchi" uchrashuvining 9-daqiqasida mezbonlarning 10-raqamli futbolchisi darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borayotganda farg'onaliklarning 2-raqamli himoyachisi tomonidan to'xtatib qolindi. Bosh hakam Akobirxo'ja SHukurullaev dastlab futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi. Ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirdi va shundan so'ng referi sariq kartochkani bekor qilib, himoyachini maydondan chetlatishga qaror qildi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. Futbolchining sariq kartochkasi bekor qilinib, so'nggi umid foli uchun qizil kartochka bilan jazolangani to'g'ri qaror va Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.
4-vaziyat. "Nasaf" - "Neftchi" uchrashuvi: bahsli penalti.
"Nasaf" - "Neftchi" bahsining 37-daqiqasida maydon egalarining 10-raqamli futbolchisi bergan zarbadan so'ng to'p mehmonlar azosining qo'liga tegdi. Bosh hakam Akobirxo'ja SHukurullaev dastlab o'yinni davom ettirdi. Biroq VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, qarorini o'zgartirdi va nuqtaga ishora qildi. SHuningdek, referi qo'li bilan o'ynagani uchun "Neftchi" vakiliga sariq kartochka ko'rsatdi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu holatda VAR vaziyatga to'g'ri aralashdi. Mehmonlar himoyachisining qo'li tabiiy holatda emas va u darvoza tomon ketayotgan to'pni qo'li bilan qaytarib qolgan. Penalti belgilash va sariq kartochka ko'rsatish uchun asos etarli. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi.
5-vaziyat. "Bunyodkor" - "Olimpik" to'qnashuvi: bahsli penalti.
"Bunyodkor" - "Olimpik" uchrashuvining 20-daqiqasida mezbonlar burchak zarbasini amalga oshirish imkoniga ega bo'ldi. Burchak zarbasidan so'ng mehmonlarning 64-raqamli vakili maydon egalarining 14-raqamli azosini oyog'ini bosib, unga qo'pollik ishlatdi. Bosh hakam Abdurashid Xudoyberganov VARda vaziyatga aniqlik kiritgach, nuqtaga ishora qildi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashdi. Mehmonlar himoyachisi hujum qilayotgan futbolchining oyog'ini bosgan va uning yiqilishiga sababchi bo'lgan. Penalti belgilash uchun asos etarli va shu sabab, komissiya tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb hisoblandi.
6-vaziyat: "Bunyodkor" - "Olimpik" o'yini: qizil kartochka.
"Bunyodkor" - "Olimpik" bahsining 42-daqiqasida mezbonlarning 8-raqamli futbolchisi mehmonlarning 15-raqamli vakiliga nisbatan o'ta qo'pol harakat qildi va oyoqning himoyalanmagan qismiga zarba berdi. Bosh hakam Abdurashid Xudoyberganov darhol futbolchiga qizil kartochka ko'rsatdi va uni maydondan chetlatdi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda futbolchi to'p uchun harakat qilmagan va raqibiga qarshi juda keskin harakat qilgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarori to'g'ri ekanini malum qiladi.
7-vaziyat: "Bunyodkor" - "Olimpik": bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.
"Bunyodkor" - "Olimpik" bellashuvining 90+2-daqiqasida mehmonlar hujum uyushtirayotgan vaqtda to'p maydon egalari jarima maydonida himoyachining qo'liga tegdi. Bosh hakam Abdurashid Xudoyberganov 11 metrlik jarima zarbasiga ishora qildi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda himoyachining qo'li notabiiy tarzda edi. Bu kabi hollarda penalti belgilanishi lozim. Hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.
8-vaziyat: OKMK - "Paxtakor": bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.
OKMK - "Paxtakor" bellashuvining 11-daqiqasida mehmonlarning 17-raqamli futbolchisi uzatmasidan so'ng to'p olmaliqliklar jarima maydonidagi 7-raqamli futbolchiga tegdi. Bosh hakam Rahimbek Karimov VARga borib, holatni o'rgandi va 11 metrlik jarima zarbasiga ishora qildi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda VAR vaziyatga aralashib, to'g'ri qildi. Himoyachi to'p yo'nalishiga tasir qilgan. SHuningdek, uning qo'li notabiiy tarzda turibdi. Penalti uchun asos etarli. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarori to'g'ri ekanini malum qiladi.
9-vaziyat: OKMK - "Paxtakor": bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.
OKMK - "Paxtakor" bellashuvining 76-daqiqasida mehmonlarning 3-raqamli himoyachisi maydon egalarining 10-futbolchisini o'z jarima maydonida yiqitdi. Bosh hakam Rahimbek Karimovni VAR hakami monitor yoniga chaqirdi va referi nuqtaga ishora qildi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda VAR vaziyatga to'g'ri aralashdi. Himoyachi raqibiga nisbatan ochiqchasiga qo'pollik ishlatgan. Bu kabi vaziyatlarda penalti belgilanishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi.
10-vaziyat: "Dinamo" - "Andijon" qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.
"Dinamo" - "Andijon" uchrashuvining 87-daqiqasida mezbonlarning 35-raqamli futbolchisi darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borayotganda andijonliklarning 28-raqamli himoyachisi tomonidan to'xtatib qolindi. Bosh hakam Farrux Yansupov dastlab uchrashuvni davom ettirdi. Ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirdi va shundan so'ng referi himoyachini maydondan chetlatishga qaror qildi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashdi. Futbolchi so'nggi umid foli uchun qizil kartochka bilan jazolandi. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.
Fikrlar