So’nggi yangiliklar

16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  1 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  2 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  2 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  3 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:18Валерий Седунов вафот этди  1 13:51"Қолишимни кутмагандим". Салоҳ – шартномаси ҳақида  1 13:22"Айнтрахт" Беллингемга кўз тикди  8 12:56"Манчестер Сити" икки футболчи учун 180 млн фунт сарфлайди  18 12:29Камолиддин Тожиев: "Педро Морейра клубдан кетдими? Раҳбариятдан сўраганингиз маъқул"  8 12:26"Насаф"нинг Қўқондаги ғалабали ўйинидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:52Криштиану Роналдунинг ўғли финалда дубль қайд этиб, Португалияга ғалаба келтирди  17 11:25Лапорта Ямаль билан шартнома ҳақида: "Ҳамма нарса келишиб олинди"  26 10:59Роналдуга кутилмаган жамоадан таклиф тушган. У клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этиши мумкин  5

Superliga. "Metallurg" so'nggi daqiqalarda to'p kiritib, "Nasaf" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Superliga. "Metallurg" so'nggi daqiqalarda to'p kiritib, "Nasaf" bilan durang o'ynadi

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Metallurg" uchrashuvi nihoyasiga etdi.

Coca-Cola Superliga. 2-tur
18:30, NASAF – METALLURG 1:1
9 mart 2022 yil. Qarshi. "Markaziy" stadion.

Gollar: Husayn Norchaev 80 (SH.Muxitdinov) – Abror Toshqo'ziev 90 (D.Temirov)
Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Bektursin Kannazarov, Damir Iskanderov, SHuhrat Rajabov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
VAR hakami: Asker Najafaliev
VAR assistent: Elyor Tursunov
Komissar: SHerzod Rajabov

"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev, 8.Dilshod Saitov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev, 92.Umar Eshmurodov, 34.SHerzod Nasrullaev,  88.Marko Stanoevich (7.SHarof Muhitdinov, 71), 18.Bahrom Abdurahimov (2.Alibek Davronov, 88), 22.Akmal Mozgovoy, 77.Oybek Bozorov, 17.Suhrob Nurulloev (99.Semir Smaylagich, 71), 10.Husayn Norchaev (20.SHahzod Akramov, 88)

Zaxira: 13.Azamat Soyibov, 35.Abduvohid Nematov, 23.Sardor Sadullaev, 6.Murodbek Rahmatov, 9.Ivan Solovyov

"Metallurg": 12.Aleksandr Lobanov, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 5.Abbos Otaxonov, 80.Farruh Ibrohimov, 97.Muhammadali Aliqulov, 14.Abror Toshqo'ziev, 30.Ibrohim Ibragimov (6.Xudoyshukur Sattorov, 78), 94.Farhod Bekmuratov, 18.Fozil Musaev (16.Jasur Xolto'raev, 65), 10.SHohnazar Norbekov (11.Damir Temirov, 46), 9.Zabihillo O'rinboev (25.SHahzod Nematjonov, 90+6)

Zaxira: 87.Akmal Ortiqov, 26.Xakimxon Alamxonov, 19.Ergash Ismoilov, 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 15.Zohid Abdullaev

Ogohlantirishlar: Husayn Norchaev (44), Abbos Otaxonov (85), Umar Eshmurodov (85), Farhod Bekmuratov (85).


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Bahs yakunlandi! 

90+6. "Metallurg"da o'zgarish: Zibihillo O'rinboev o'rniga SHahzod Nematjonov tushirildi. 

90+4. Uchrashuv yakuni qizg'in tus oldi. "Nasaf" bosim o'tkazmoqda. 

Ikkinchi taymga 7 daqiqa qo'shib berildi. 

89. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Abror Toshqo'ziev hisobni tenglashtirdi. Futbolchining chap oyoqdagi zarbasi darvoza to'ridan joy oldi – 1:1! 


88. "Nasaf"da 2 ta almashtirish: Abdurahimov o'rniga Davronov, Norchaev o'rniga Akramov bahsni davom ettiradi.  

88. Jamir Temirovga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

85. Farhod Bekmuratovga ham sariq kartochka ko'rsatildi. 

84. Abbos Otaxonov va Umar Eshmurodov ogohlantirildi. 

82. Maydonda tortishuv yuzaga keldi. Otaxonov qizishib ketdi. 

80. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Muhitdinovning burchak zarbasi orqali amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Norchaev bosh bilan gol urib, hisobni ochdi – 1:0! 


78. "Metallurg"da o'zgarish: Ibrohim Ibragimov o'rniga Xudoyshukur Sattorov o'yinni davom ettiradi.  

74. Legioner hujumchi Smaylagich himoyachidan o'zib ketib, deyarli birga-bir holatda zarba yo'lladi. Muhammadali Aliqulov zarba yo'liga g'ov bo'lishning uddasidan chiqdi.  

71. "Nasaf"da 2 ta o'zgarish: Stanoevich o'rniga Muhitdinov, Nurulloev o'rniga Smaylagich o'yinga qo'shildi. 

69. Uuux! Ibrohim Ibragimovning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi va to'p kutilmaganda darvoza to'siniga tegdi. 

68. Muhammadali Aliqulov qoidani buzmagan holda "podkat" orqali "Nasaf" o'yinchisidan to'pni olib qo'ydi va jamoasini oldinga boshladi.  

65. "Metallurg"da almashtirish: Fozil Musaev o'rniga Jasur Xolto'raev tushirildi. 

64. Zarba!  Bozorov o'tkir burchak orqali darvozani nishonga oldi, noaniq. 

63. VARga murojaat qilinib, penalti bor yoki yo'qligi tekshirildi. Davom etamiz. 

61. Zarba!  Oybek Bozorovning zarbasi aniq, biroq kuchsiz chiqdi.

57. Zarbaaa!  Bozorovning uzatmasidan so'ng Norchaev bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etolmadi. 

54. Musaev yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, ammo bu samarali yakunlanmadi. 

50. Zarbaaaa!  Lobanovdan qaytgan to'pga "Nasaf" futbolchisi Abdurahimov ega chiqdi va noaniq zarba yo'lladi.  

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Metallurg"da o'zgarish: Norbekov o'rniga Temirov tushdi. 

Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

45+2. Stanoevichning olis masofadan bergan zarbasi noaniq ketdi. 

45+1. Zarba! Zabihillo O'rinboevning zarbasi darvozaga aniq bormadi. 

Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi. 

44. Husayn Norchaev Abror Toshqo'zievga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun ogohlantirildi. 

37. Uuux! Zabihillo O'rinboev himoyachilarni aldab, jarima maydoni ichiga yorib kirdi, ammo zarba berishda adashdi. 

36. Musaevning pasidan so'ng Norbekov to'pga ulgurmay qoldi. 

31. O'yinda juda ko'p "pauza" yuzaga kelmoqda, ammo jamoalar imkon qadar tez-tez hujum uyushtirishga urinishyapti. 

28. Bu gal Ixtiyor Tshpo'latov Bahrom Abdurahimov bilan to'qnashib ketdi. 

26. SHohnazar Norbekov qanotda "Nasaf" sardori Eshmurodov bilan to'qnashdi. "Metallurg" hujumchisiga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

24. Zarbaaaaa!  Nasrullaevning yaqin masofadan bergan kuchli zarbasini Lobanov qaytarishga erishdi. 


23. To'p nazorati "ajdarlar"da. O'yin tempini ham u qadar yuqori deb bo'lmaydi. 

20. "Nasaf" burchak to'piga ega bo'ldi. Stanoevichning uzatmasi ancha kuchli chiqqani tufayli to'p maydondan chiqib ketdi. 

18. SHohnazar Norbekov muvaffaqiyatsiz pasi orqali to'pni raqibga topshirib qo'ydi.

15. Zarba!  SHerzod Nasrullaevning uzoqdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Lobanov ushlab oldi.

14. Zabihillo O'rinboev himoyachiga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

11. Fozil Musaev chap qanotdan hujum qilgan SHerzod Nasrullaevni turtib yiqitdi. Jarima zarbasi qarshiliklarga foyda keltirmadi. 

9. Zarba! Farruh Ibrohimovning olisdan yo'llagan zarbasini Umidjon Ergashev qiyinchiliksiz egallab oldi. 

8. "Metallurg" tezkor qarshi hujumga o'tdi. Musaev sherigini ajoyib pas bilan taminladi. Yakundaujum tempi pasaydi va to'p ortga qaytdi. 

5. Bekmuratov qanotda Abdurahimovga nisbatan qoidani buzdi. Standartni Stanoevich amalga oshirdi, shundan so'ng o'yindan tashqari holat qayd etildi. 

3. Abbos Otaxonov Ixtiyor Toshpo'latovni taminladi, u esa to'pni tavakkal ichkariga oshirdi, mezbonlar himoyachilari to'pni uzoqlashtirishdi.

1. O'yin boshlandi! 

Foto: Tolibjon Qosimov 

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика