So’nggi yangiliklar

10:20АПЛнинг ХХI асрдаги энг яхши мураббийлар рейтинги тузиб чиқилди  0 09:47Тен Хагнинг ўрнига МЮни бошқариш учун асосий номзод маълум  3 09:10"Ман Сити" қишда Родрининг жароҳат олгани сабабли 60 миллионлик трансферни амалга оширади  0 08:35Суперлига. Барча даврларнинг энг яхши тўпурари ким? Черан 10-ўринга кўтарилиб олди  5 07:53Аббосбек Файзуллаев РПЛда тур рамзий жамоасидан ўрин олди  3 07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  1 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  7 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  1 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0

Superliga. "Metallurg" - "Paxtakor" 0:5 Yangiliklar

Superliga. "Metallurg" - "Paxtakor" 0:5

Teglar :  MetallurgPaxtakor
Superligada 7-turdan o'rin olgan "Metallurg" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin.


YANGILASH

 O'yin boshlandi. 9-daqiqada Bezerraning pasidan so'ng SHorahmedov darvozaga zarba bera olmadi. 22-daqiqada Ismoil Gonsalveshning zarbasi juda xavfli lekin noaniq chiqdi.

25-daqiqada jarima to'pidan so'ng Ismoil Gonsalvesh hisobni ochdi - 0:1. 

31-daqiqa Dilshod Rahmatullaev jarima maydoni tashqarisidan erlatib zarba berib gol urdi - 0:2. 

Birinchi taymda hisob o'zgarmadi.

Ikkinchi taym boshlandi

54-daqiqada Kozakning qanotdan oshirgan to'pini Gonsalvesh darvozaga boshi bilan yo'lladi, zarba noaniq chiqdi. 

59-daqiqada Bezerraning zarbasidan so'ng Safoev to'pni ushlab oldi. 

69-daqiqada Kozakning jarimadan yo'llagan zarbasini Safoev qiyinchilik bilan qaytarib qoldi.

71-daqiqada Purishkin yaqin masofadan tepaga zarba berdi.

74-daqiqada Islombek Isoqjonov o'z jarima maydoni ichida to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun penalti belgilandi. Ismoil Gonsalvesh 11 metrli jarmia to'pidan unumli foydalandi - 0:3. 

80-daqiqada Jaloliddin Masharipov Bezerra bilan devor uslubida o'ynab gol urdi - 0:4. 

89-daqiqada Jasur Yaxshiboev Safoev qaytargan to'pni o'tkir burchakdan darvozaga yo'lladi - 0:5. 


Superliga
19.04.2018, 7-tur
"Metallurg" – "Paxtakor" 0:5  
Hakamlar:
H.Ro'ziev (Toshkent), S.Eremeev (Toshkent), B.SHavkatov (Toshkent), G'.Jumaev (Namangan).
Nazoratchi – S.Ermatov (Toshkent).
Komissar – R.CHernikov.
Gollar: Ismoil Gonsalvesh 25, - 0:1 (Jaloliddin Masharipov). Dilshod Rahmatullaev 30, - 0:2 (Bahrom Abdurahimov). Ismoil Gonsalvesh 74 penalti, - 0:3. Jaloliddin Masharipov 80, - 0:4 (Tiago Bezerra). Jasurbek Yaxshiboev 89, - 0:5.
"Metallurg": 1.Zafar Safaev, 20.Dilyorbek Irmatov, 16.Jasur Hasanov, 37.SHerzod Fayziev, 88.Abror Xusinov (S), 8.SHahzod SHaymanov, 90.Zafar To'raev (15.Zoxid Abdullaev, 66), 10.Islombek Isoqjonov (30.Andrey SHipilov, 85), 77.Muhammad Isaev (14.Abror Toshqo'ziev, 85), 91.Pavel Smolyachenko, 99.Pavel Purishkin.
Zaxira: 35.Javohir Ilyosov, 24.Doniyor Hoshimov, 97.Jamshid Yusupov, 42.Xudoyshukur Sattorov.

"Paxtakor": 25.Eldorbek Suyunov, 29.Vladimir Kozak, 4.SHerzod Azamov, 55.Marko Simich (s), 2.Akmal SHorahmedov, 7.Azim Ahmedov, 8.Dilshod Rahmatullaev (28.Stanislav Andreev, 86), 18.Bahrom Abdurahimov (10.Jamshid Iskanderov, 79), 9.Jaloliddin Masharipov (22.Jasur Yaxshiboev, 86), 77.Tiago Bezerra, 11.Ismoil Gonsalvesh.
Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 21.Kamoliddin Tojiev, 80.Rostin Griffits, 27.Doston Ibrohimov, 34.Farruh Sayfiev, 20.Jasur Hakimov.

Ogohlantirishlar: Tiago Bezerra 26, SHerzod Fayziev 33, Akmal SHorahmedov 34, Dilyorbek Ermatov 48, Eldorbek Suyunov 65.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика