So’nggi yangiliklar

23:10Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" (матнли трансляция)  14 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  4 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  16 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0

Superliga klublari bosh murabbiylari bilan onlayn videokonferenciya tashkil qilindi Yangiliklar

Superliga klublari bosh murabbiylari bilan onlayn videokonferenciya tashkil qilindi

Bugun Respublika maxsus komissiyasi tomonidan professional futbol klublariga mashg'ulot olib borishga rasman ruxsat etilgani haqida xabar berilgan edi.

SHu bois, futbol jamoatchiligi ayni damda futbol musobaqalarining qachondan boshlab davom ettirilishi bilan qiziqishi tabiiy.

Kunning ikkinchi yarmida, kun tartibidan o'rin olgan bir qator muhim masalalarni muhokama qilish maqsadida Superliga futbol klublari rahbarlari va bosh murabbiylari bilan onlayn videokonferenciya tashkil qilindi. Unda hozirgi kunda dolzarb bo'lib turgan to'rtta masala muhokama qilindi.

Birinchi masala: Superliga klublari musobaqani qachondan davom ettirishadi?

Bosh murabbiylar bilan o'tkazilgan videokonferenciya yig'ilishida bu borada murabbiylarning fikrlari tinglandi. Ayni damda O'zPFL klublar bosh murabbiylari fikrlarini inobatga olgan holda yakuniy qarorni O'FA bilan kelishgan holda malum qiladi.


Ikkinchi masala: U-21 jamoalari uchrashuvlari

Ushbu jamoalar o'rtasidagi uchrashuvlari odatdagidek, asosiy jamoalar uchrashuvidan bir kun avval o'tkazilishi belgilandi.


Uchinchi masala: U-18 jamoalari uchrashuvlari

U-18 jamoalari o'rtasidagi bahslar markazlashgan tizimda o'tkaziladi. Bu borada taqvim tig'izligi hamda jamoalarning bugungi kundagi moliyaviy imkoniyatlari inobatga olindi. Ushbu musobaqa o'tkazilish tartibi va joyi kabi masalalar ishlab chiqilmoqda va bu haqda keyinroq batafsil xabar beriladi.


To'rtinchi masala: Yozgi transfer oynasi sanasi

Yozgi transfer oynasi avvaldan belgilanganidek o'zgarishsiz qoldi va ushbu jarayon 6 iyuldan 30 iyulgacha davom etadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика