So’nggi yangiliklar

00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  1 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  9 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  6 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  29 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  29 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  2

Superliga. "Neftchi" mehmonda "Bunyodkor" darvozasiga javobsiz 3 ta to'p yo'lladi Yangiliklar

Superliga. "Neftchi" mehmonda "Bunyodkor" darvozasiga javobsiz 3 ta to'p yo'lladi

Superliga 10-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Neftchi" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga

10-tur

Bunyodkor

Superliga. 10-tur

01/06/2024, 19:30

3
:
0
Tugadi

Neftchi

Nsungusi Effiong - 25', Nsungusi Effiong - 31', Husayin Norchaev - 90'

45'
90'
23'  Temurxo’ja Abduxoliqov
58'  Rasul Yo'ldoshev (Amir To'raqulov)
58'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Amirbek Saidov)
64'  Muzaffar Olimjonov
64'  Muzaffar Olimjonov
68'  Franye Chiryak (Mirzhahon Mirahmadov)
68'  Azizbek To'lqinbekov (Toni Yovich)
82'  Muzaffar Olimjonov (Narimon Ahmadzhonov)
83'  Narimon Ahmadzhonov
25'  Nsungusi Effiong
25'  Husayin Norchaev
31'  Nsungusi Effiong
31'  Husayin Norchaev
45'  Zoir ZHo'raboev
50'  Sanzhar Qodirqulov
90'  Husayin Norchaev
90'  Nsungusi Effiong

"Bunyodkor" – "Neftchi" 0:3 

1 iyun. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:30

Gollar: Nsungusi Effiong (Husayn Norchaev) 25', Nsungusi Effiong (Husayn Norchaev) 31', Husayn Norchaev (Nsungusi Effiong) 90'

Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov

Qanot hakamlari: Husniddin SHodmonov, SHavkat Rahmatov

Zaxira hakami: Sanjar Nazarov

VAR: Akmal Rahimov

AVAR: Ziyodullo Abdurahmonov

Nazoratchi: Viktor Serazitdinov

Komissar: Qudrat Madraimov

"Bunyodkor": 1.Marin Lyubich, 3.Mahmudjon Mahamadjonov, 4.Najmiddin Normurodov, 5.Momchilo Rasho, 7.Suhrob Izzatov, 8.Frane CHiryak (14.Mirjahon Mirahmadov, 68), 10.Rasul Yo'ldoshev (57.Amir To'raqulov, 58), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (25.Amirbek Saidov, 58), 22.Usmonali Ismonaliev, 66.Azizbek To'lqinbekov (92.Toni Yovich, 68), 77.Muzaffar Olimjonov (18.Narimonjon Ahmadjonov, 82).

Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 16.Alijon Bekmurotov, 45.Farhod O'tkirov, 78.Toxir To'xtasinov.

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 2.Zoir Jo'raboev, 8.Ketelin Karp, 9.Xusayn Norchaev, 11.Javohir Qahramonov, 14.Xurshid Muxtorov, 17.Sanjar Qodirqulov, 20.Anvar G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 70.Abbos G'ulomov, 99.Nsungusi Effiong.

Zaxira35.Sanjar Quvvatov, 3.Jaloliddin Jumaboev, 4.Boyan Ciger, 10.SHohruz Norxonov, 18.Mixay Roman, 19.Mirzohid G'ofurov, 24.G'ulomhaydar Gulyamov, 66.Doniyor Valiev, 77.Bilolxon Toshmirzaev.

OgohlantirishlarTemurxo'ja Abduxoliqov (23), Zoir Jo'raboev (45), Sanjar Qodirqulov (50), Muzaffar Olimjonov (64), Narimonjon Ahmadjonov (83).


BAHS YAKUNLANDI!

90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90. GOL! Nsungusi Effiongning pasidan keyin Husayn Norchaev birga-bir holatdan unumli foydalanib, hisobni 0:3 ko'rinishiga keltirdi! 

83. Sal oldin zaxiradan tushgan Ahmadjonov Qahramonovga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochka oldi. 

82. "Bunyodkor"da o'zgarish: Muzaffar Olimjonov o'rniga Narimonjon Ahmadjonov o'yinni davom ettiradi. 

79. "Neftchi" muxlislari bayramni boshlab yuborishdi. 

74. Uuux! Ismonalievning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini Ergashev qaytarishga erishdi. 

68. "Bunyodkor"da 2 ta almashtirish: CHiryak o'rniga Mirahmadov, To'lqinbekov o'rniga Yovich tushirildi. 

67. Zarbaaa! Norchaevning kuchli zarbasini Botirali Ergashev qaytardi. 

64. Muzaffar Olimjonov Xurshid Muxtorovni ochiqchasiga yiqitgani uchun jazolandi.   

63. Zarba! CHiryakning uzoqdan bergan zarbasi darvoza ortidagi muxlisi yo'q tribuna sari yo'l oldi.  

61. Mahamadjonov qanotdan oldinga o'tib, to'pni ichkariga oshirishga urindi va to'p ichkariga uzatildi ham, biroq CHiryak uni to'xtata olmadi. "Bunyodkor"da erkin zarba.

58. "Bunyodkor"da 2 ta o'zgarish: Yo'ldoshev o'rniga To'raqulov, Abduxoliqov o'rniga Saidov o'yinga qo'shildi.

57. CHiryakning burchak zarbasidan amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Botirali Ergashev to'pni egallab oldi. 

54. Sanjar Qodirqulovga nisbatan fol ishlatildi, farg'onaliklarda navbatdagi standart. 

52. Zarbaa! Olimjonovning zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi, burchak zarbasi. 

50. Sanjar Qodirqulov tezkorlik bilan oldinga o'tayotgan Muzaffar Olimjonovni qoida buzish evaziga to'xtatib qoldi va sariq kartochka oldi.

48. "Neftchi" har ikki qanotda faol o'yin ko'rsatmoqda. Jamoa ikkinchi taym boshida chap qanotdan hujumga o'tgandi, hozir esa o'ng qanotni ishga solmoqda.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:2. Tanaffus! 

45+3. To'lqinbekovning ichkariga oshirib bergan to'pini Botirali Ergashev ilib olishga erishdi. 

45+1. Zarba! CHiryakning standartdan oshirib bergan to'pini Rasho bosh bilan darvoza tomon yo'lladi, ammo to'p to'rning tashqi tomoniga borib tushdi. 

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi. 

45. Zoir Jo'raboev Muzaffar Olimjonovni turtgani uchun ogohlantirildi. 

43. Uuuux! Usmonali Ismonaliev bir himoyachini aldab, darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq to'p himoyachilardan biriga tegib qoldi, so'ngra posbon to'pni egallab oldi. 

41. Zarba! Yana Effiong katta sahnada! Uning bosh bilan yo'llagan zarbasi darvozaga aniq bormadi.

36. Gol inobatga olindi. Effiong ofsaydda bo'lmagan deb topildi va to'p uning hisobiga yozildi – 0:2!

35. Butun stadion haligacha VAR qarorini kutmoqda...

33. Hakam VAR'ni tinglamoqda. Vaziyat deyarli 3 daqiqadan buyon muhokama qilinmoqda. To'p aynan qaysi futbolchiga tekkani hamon so'roq ostida...

31. GOL! Husayn Norchaevning olis masofadan yo'llagan zarbasi rikoshet orqali darvoza to'ridan joy oldi, biroq hakam to'p Effiongga tekkan deb, ofsayd qayd etdi.

25. GOL! Husayn Norchaevning pasidan so'ng Nsungusi Effiongning chap oyoqdagi erlatib yo'llagan zarbasidan so'ng darvozabon ojiz qoldi – 0:1!  

23. Temurxo'ja Abduxoliqov Sanjar Qodirqulovga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochaga loyiq ko'rildi. 

22. Zarba! G'ulomovning havolatib amalga oshirgan pasidan keyin Xurshid Muxtorovning yaqin masofadan bergan kuchsiz zarbasini Lyubich osonlikcha egallab oldi. 

20. Normurodov maydon markaziga yaqin hududda Hoshimovga nisbatan qo'pollik ishlatdi, hakam aybdorni og'zaki ravishda ogohlantirdi.

18. Nsungusi himoyachi Normurodov bilan jiddiy to'qnashib ketdi. 

17. Muhsin Ubaydullaevning hujumchilar tomon uzatmasi yana Marin Lyubichga qadar etib keldi. 

15. Uuuux! Muzaffar Olimjonov va Frane CHiryak ijrosidagi ketma-ket zarbalar Botirali Ergashev tomonidan bartaraf etildi. Ajoyib seyvlar!

11. Maydon markazida Rasul Yo'ldoshevga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Hakam o'yinni to'xtatdi. 

9. Zarba! Nsungusining yaqin masofadan bergan zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. 

8. "Bunyodkor" himoyachilari sekin-asta hujum boshlashmoqda. Qanotda Mahamadjonovga oshirib berilgan to'p mehmonlar tomonidan uzoqlashtirildi. 

3. Nsungusi Effiong qanotdan oldinga borib, "qaldirg'ochlar" himoyachilari to'sig'iga duch keldi. To'p yana ortga qaytdi, hujum qaytadan boshlanadi. 

1. O'yin boshlandi!

- Uchrashuv 19:30 ga belgilangan.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика