So’nggi yangiliklar

13:38"Интер" 30 млн евролик футболчини харид қилмоқчи  0 12:55"Ливерпул"нинг италиялик ҳимоячига бўлган қизиқиши ортиб бормоқда  1 12:23Пеллегрини фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 11:55Ливерпуль клуби Грилишнинг ижараси бўйича музокараларни давом эттирмоқда  0 11:21Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусановни мақтади  4 10:53Расмус Хойлунд фаолиятини Италияда давом эттиришга яқин  4 10:24Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги режалари ҳақида фикр билдирди  0 09:54Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этишлари керак"  7 09:25Рио олимпиадаси совриндори "Машъал" машғулотларига қўшилди  2 08:56Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"да Роналду билан бўлган можаро ҳақидаги саволга жавоб берди  11 08:27Саудия клуби 28 миллион евролик трансферни амалга оширди  1 07:58Суперлига. Бугун 18-турга старт берилади  3 07:45Ўртоқлик ўйини. "Палермо" - "Манчестер Сити" 0:3  0 07:30Расман. "Ал Насср" навбатдаги трансферини эълон қилди  0 02:03"Манчестер Сити" ўртоқлик ўйинида "Палермо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ҳусанов майдонда ҳаракат қилди  20

Superliga-2018 yakunlari. "Lokomotiv" o'yinlarini boshqargan hakamlar Yangiliklar

Superliga-2018 yakunlari. "Lokomotiv" o'yinlarini boshqargan hakamlar

Yakuniga etgan Superligaga oid statistikani berishda davom etamiz.

Endi hakamlarga to'xtalamiz. Bu mavsum Superliga o'yinlarini jami 20 nafar hakam boshqardi.

Bular - Ravshan Ermatov (18ta o'yin), Viktor Serazetdinov (17), Vladislav Ceytlin (17), SHerzod Qosimov (16), Zokir Qodirov (16), Hasan Ro'ziev (14), Temur To'xtasinov (14), Ahrol Risqullaev (13), Aziz Asimov (12), Vadim Agishev (11), Valentin Kovalenko (10), Ilgiz Tantashaev (10), Olim To'ychiboev (9), Akobir SHukrullaev (5), Jasur Muxtorov (3), Asker Najafaliev (3), Ishoq Ibragimov (1), SHavkat Nasibullaev (1), Navaf SHukrulla (Bahrayn, 1), Alirizo Fag'oni (Eron, 1).

Yangicha formatda o'tkazilgan Superligada chenmpion bo'lish "Lokomotiv"ga nasib etdi. SHunday qilib "temiryo'lchilar" o'z tarixlarida ketma-ket uchinchi marta oltin medallarni qo'lga kiritishdi. Jamoa qayd etgan natijalarni hamda qiziqarli malumotlarni yil davomida berib borishga urindik.

Keling, endi "Lokomotiv"ning Superligada o'yinlarini boshqargan hakamlarga to'xtalsak. Superliga o'yinlarini boshqargan 20 nafar hakamdan 16tasi "Lokomotiv" ishtirokidagi bahslarda ishladi. Faqat to'rt nafar hakam boshqarmadi. Quyida jadval asosida "Loko" o'yinlarida eng ko'p ishlagan hakamlardan boshlab keltirib o'tamiz. 

Ahrol Risqullaev - 5 (4 g'alaba, 1 durang)
"Lokomotiv" - "Qizilqum" 2:2
"Lokomotiv" - "Nasaf" 3:1
"Bunyodkor" - "Lokomotiv" 1:2
"Lokomotiv" - "Navbahor" 1:0
"Lokomotiv" - "Paxtakor" 3:2
Ahrol Risqullaev bu mavsum "Lokomotiv"ning beshta o'yinida hakamlik qildi. Bu o'yinlarning birortasida "Loko" yutqazmadi: 4 g'alaba va 1 durang qayd etdi.

Ilgiz Tantashev - 3 (1 g'alaba, 1 durang, 1 mag'lubiyat)
"Lokomotiv" - "Metallurg" 1:1
"Nasaf" - "Lokomotiv" 2:1
"Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" 1:2
Tantashev boshqargan uchta uchrashuvda "Loko" uch xil natija qayd etdi.

Zokir Qodirov - 3 (1 mag'lubiyat, 1 g'alaba, 1 durang)
"Lokomotiv" - "Navbahor" 3:1  
"Navbahor" - "Lokomotiv" 2:0
"Bunyodkor" - "Lokomotiv" 2:2
Navoiylik hakam Zokirov Qodirov boshqargan o'yinlarda ham "Lokomotiv" uch xil natija ko'rsatdi.

SHerzod Qosimov - 3 (3 g'alaba)
"Lokomotiv" - AGMK 2:1
"Lokomotiv" - "Bunyodkor" 3:1
"Lokomotiv" - "Buxoro" 4:0
SHerzod Qosimov "Lokomotiv"ning faqat uydagi bahslarida hakamlik qildi. "Temiryo'lchilar" uchala bahsni g'alaba bilan yakunlashdi.

Vladislav Ceytlin - 3 (2 g'alaba, 1 mag'lubiyat)
"Neftchi" - "Lokomotiv" 1:4
"Metallurg" - "Lokomotiv" 2:0
"Metallurg" - "Lokomotiv" 0:1
"Lokomotiv" ishtirokidagi uchta o'yinda hakamlik qilgan Ceytlin qizig'i Beobodda bo'lib o'tgan har ikkala o'yinni boshqardi.  

Temur To'xtasinov - 3 (2 g'alaba, 1 durang)
"Lokomotiv" - "Buxoro" 3:1
"So'g'diyona" - "Lokomotiv" 0:0
"Buxoro" - "Lokomotiv" 1:3
Temur To'xtasinov bu yil hisobidan "Lokomotiv"ning "Buxoro"ga qarshi ham uydagi, ham safardagi bahsini boshqardi. Har ikkala o'yinda "Loko" 3:1 hisobida zafar quchdi.

Aziz Asimov - 2 (2 g'alaba)
"Lokomotiv" - "So'g'diyona" 2:0
"Qizilqum" - "Lokomotiv" 0:3
Aziz Asimov boshqargan ikkita bellashuvda "Lokomotiv" gol o'tkazmasdan g'alaba qozondi.

Ravshan Ermatov - 2 (2 g'alaba)
"Lokomotiv" - "Bunyodkor" 2:1
"Paxtakor" - "Lokomotiv" 1:3
Ravshan Ermatov bu yil ushbu jamoaning ikkita muhim o'yinini boshqardi. Ermatov birinchi bosqichda "Loko" ishtirokidagi bahslarda hakamlik qilmadi, faqat ikkinchi bosqichda boshqardi.  

Valentin Kovalenko - 1 (durang)
"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" 1:1
Nivaldo raqib darvozaboni O'tkir Yusupovga kalla qo'ygan o'yinni aynan Kovalenko boshqargandi. SHundan so'ng "Lokomotiv"ning birorta o'yiniga qo'yilmadi.

Viktor Serazetdinov - 1 (durang)
"Lokomotiv" - "Paxtakor" 0:0
Ayrim sabablarga ko'ra "Milliy" stadionda o'tkazilgan Toshkent derbisini boshqarish Serazetdinov chekiga tushdi. O'yinda hisob ochilmadi.

Asker Najafaliev - 1 (durang)
"Lokomotiv" - "Neftchi" 1:1
Asker Najafaliev ham "Loko"ning bitta bellashuvida hakamlik qildi. Bunda ham durang qayd etildi.

Olim To'ychiboev - 1 (g'alaba)
"Buxoro" - "Lokomotiv" 0:1
Buxoro shahrida bo'lib o'tgan birinchi bosqich bahsida Olim To'ychiboev hakamlik qilgandi.

Alirizo Fag'oni - 1 (durang)
"Paxtakor" - "Lokomotiv" 1:1
Eronlik referi bu yil O'zbekiston chempionatining bitta o'yinida hakamlik qildi.

Jasur Muxtorov - 1 (g'alaba)
"Navbahor" - "Lokomotiv" 0:3
"Lokomotiv"ning mavsumdagi eng oxirgi bahsini boshqarish yosh hakam Jasur Muxtorov chekiga tushdi.  

Akobir SHukrullaev - 1 (mag'lubiyat)
AGMK - "Lokomotiv" 1:0
Akobir SHukrullaev boshqargan o'yinda "Loko" safarda imkoniyatni boy berdi.

Hasan Ro'ziev - 1 (g'alaba)
Lokomotiv" - "Metallurg" 1:0
Bu mavsum Hasan Ro'ziev "Lokomotiv"ning faqat bitta uchrashuvida hakamlik qildi.

"Lokomotiv" o'yinlarini umuman boshqarmagan hakamlar: Vadim Agishev, Ishoq Ibragimov, SHavkat Nasibullaev, Navaf SHukrulla.

Ko'rib turganingizdek, bu mavsum "Loko" ishtirokidagi eng ko'p bahsni boshqargan hakam Ahrol Risqullaev bo'ldi. U "temiryo'lchilar"ning beshta o'yinida hakamlik qildi.

X.Xoliqov. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика