So’nggi yangiliklar

13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  0 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  12 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  8 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  19

Superliga-2018. Muxlislar klubi etakchilari ham rasman klub vakiliga aylanishlari lozim Yangiliklar

Superliga-2018. Muxlislar klubi etakchilari ham rasman klub vakiliga aylanishlari lozim

Teglar :  PFLO'FFSuperliga
O'zbekiston futbol federaciyasi hamda Professional futbol ligasi tomonidan mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirish yuzasidan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

O'zPFL futbol klublari faoliyatini tubdan yaxshilash yuzasidan aniq talablar ishlab chiqdi. Ko'plab yangiliklar joriy qilingan yangi tahrirdagi musobaqa Reglamentida O'zPFL qoshida sport tadbirlarini tashkillashtirish va muxlislar bilan ishlash bo'limi ham tashkil etilganligi ayni muddao bo'ldi.
Bundan ko'zlangan maqsad yangi mavsumning har bir tur o'yinlarini bayramona o'tkazish, muxlislarning stadionlarga tashrifini oshirishdan iborat. Yangicha ko'rinishda ish boshlaydigan muxlislar klubi etakchisining vazifalari nimalardan iborat bo'ladi?

Yuksak madaniyatli, bilim va zakovatda namuna bo'la oluvchi, rasmiy shtat asosida ish boshlovchi Muxlislar klubi etakchisi O'zPFL mazkur bo'limining nizom va yo'riqnomalari asosida ish yuritar ekan, O'zPFLning kelgusida amalga oshiradigan loyihalarini amalga oshirishga, Superliga va Pro-liga uchrashuvlarini yuqori saviyada o'tkazishga o'z hissasini qo'shadi. Klub sardoridan eng avvalo atrofiga muxlislik madaniyati doirasida ishqibozlik qiluvchi faol yoshlarni yig'ish, uchrashuvlar paytida o'z jamoasi sharafini mazmunli va yoqimli chaqiriqlar bilan qo'llab-quvvatlash bilan birga raqib jamoa va uning muxlislari hurmatini saqlash, uy va safar uchrashuvlari chog'ida raqib jamoa muxlislari bilan doimiy do'stona aloqalar o'rnatish talab etiladi. SHuningdek, sardor yoshidan qatiy nazar futbolni chin dildan sevuvchi, jamoasini nafaqat g'alabali onlarda, balki mag'lubiyatga uchraganda ham olqishlay oladigan, muxlislik doirasida klubning ko'plab loyihalarida ishtirok eta oluvchi ishqibozlarni Muxlislar klubiga azolikka qabul qilish, ularning rag'batlatirilishini tashkil etish, hatto klubga azo muxlislarning kiyimi borasidagi tashqi ko'rinishiga ham alohida etibor berishi zarur.  

Bir so'z bilan aytganda, jamoalarning Muxlislar klubi etakchisi har bir o'yinning zavqli, chiroyli va albatta, bayramona o'tishida faol bo'lishi talab etiladi.    

Muxlislar klubi azolarining ko'rinishi quyidagicha tartibda bo'lishi maqsadga muvofiqdir:

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика