So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

Superliga 18-tur bahslarida hakamlar o'zgarishi amalga oshirildi Yangiliklar

Superliga 18-tur bahslarida hakamlar o'zgarishi amalga oshirildi

O'zbekiston futbol hakamlari markazi O'zbekiston Coca Cola Superligasi 18-turidan o'rin olgan “Navbahor” – OKMK hamda “Neftchi” – “Andijon” bahslari bosh hakamlari o'zgartirilganini malum qiladi.

Quyida ushbu o'zgarishlarning batafsil sababini keltirib o'tamiz.

“Navbahor” – OKMK uchrashuvi uchun bir necha kun oldin tayinlov olgan farg'onalik hakam Olim To'ychiboev o'yinga tayyorgarlik vaqtida jarohat olgani bois, ushbu muhim bahsni boshqara olmasligini malum qildi. SHuningdek, uchrashuv VAR hakami bo'lishi kutilgan Ilgiz Tantashev yuqorida takidlaganimiz, 17-tur doirasidagi OKMK – “Neftchi” bahsida yo'l qo'ygan xatosi tufayli 18-turdagi bu uchrashuvdan chetlatildi (hozircha uning ishi Hakamlar qo'mitasida ko'rib chiqilmoqda va yakuniy jazo tayinlangani yo'q). SHu tufayli, Olim To'ychiboev o'rniga Temur To'xtasinov ushbu uchrashuvda bosh hakamlik qilsa, VAR hakami vazifasini Ilgiz Tantashev o'rniga esa Akobirxo'ja SHukurullaev bajarib beradi.

“Neftchi” – “Andijon” bahsi Mustaqillik bayrami arafasida bo'lib o'tishi hamda televideniening barcha ko'chma televizion stanciyalari ushbu bayramni yoritish bilan band bo'lishi sababli, bu bahsda VAR texnologiyasidan foydalanilmasligi malum qilindi. Natijada, markaz ushbu o'yinning darajasidan va keltirilgan sabablardan kelib chiqib, uchrashuvga FIFA referisi Akobirxo'ja SHukurullaevni bosh hakam etib tayinlashga qaror qildi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика