So’nggi yangiliklar

19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0 18:41Слот Исакнинг ўйинига баҳо берди  0 18:18"Реал" "Ювентус"га Эндрикни ижарага олишни таклиф қилганди. Италия клуби рад этди  0 17:55Ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ 4-саралаш босқичи ўйинида ишлайди  1 17:46ЖЧ-1998 саралаши. Миржалол Қосимов: "БААга пенальтидан гол ура олмаган ўйинимда майдонга тушишга лойиқ эмасдим, телевизорга қарашга уялганман"  2 17:34​Билич Ўзбекистонда эмас, собиқ жамоасида иш бошлаши мумкин  6 17:15Манба: Ўткир Юсуповнинг жароҳати кутилганидан жиддийроқ бўлиб чиқди  3 17:10Суперлига. "Сурхон" - "Машъал" (матнли трансляция)  0 16:47Ўзбекистонлик ҳакам университетлар ўртасидаги Жаҳон чемпионати учрашувини бошқарди  0 16:27ЎФФ раҳбарияти Осиё Кубоги саралаши олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  2 15:59"Ливерпуль" еврокубокда илк бор англиялик футболчиларсиз таркибни майдонга туширди  4 15:33Фарғонада "Нефтчи" ғалаба қозонадими? Олмалиқда нима бўлади? — 22-тур олдидан мутахассис фикри  5 15:17Суперлига. 22-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Андижон" ва "Пахтакор"да йўқотишлар бор  3 14:57Гвардиола Ҳусанов нега "Сити"нинг ҳар бир ўйинида бошланғич таркибда тушолмаслигини тушунтирди  11 14:39"Челси" ва "Тоттенхэм" "Барселона" футболчиси учун курашга киришди  0

Superliga. 12-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Superliga. 12-tur ramziy terma jamoasi

Uch kun davom etgan Coca Cola Superliga 12-tur bellashuvlariga kecha yakun yasaldi.

"Championat.asia" ijodkorlari tur yakuniga etganidan keyin 12-turning ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi. Demak, ramziy 4-2-3-1 sxemasida tuzildi.


Darvozabon: O'tkir Yusupov ("Navbahor")

AGMK bilan o'yinda "Navbahor" posboni O'tkir Yusupov jamoasini bir necha bor muqarrar gollardan qutqarib qoldi. O'tgan ikki turni kasalligi tufayli o'tkazib yuborgan Yusupov tuzalganiga ko'p bo'lmasdan turib maydonga tushdi va ishonchli harakat qila oldi. To'g'ri o'tkazib yuborilgan golda O'tkirning xatosi kuzatildi, biroq bu uning o'yin davomidagi qolgan harakatlariga rahna sola olmadi.



Himoyachilar: Tohir SHamsiddinov ("Navbahor"), Ivan Yosovich ("Qo'qon-1912"), Marko Kolakovich ("So'g'diyona"), Ixtiyor Toshpo'latov ("Metallurg").

"Navbahor" qanot himoyachisi Tohir SHamsiddinov ham AGMK bilan uchrashuvda juda faol va ishonchli o'ynadi. Ayniqsa ikkinchi taymda olmaliqliklar katta kuch bilan hujumga o'tishganida SHamsiddinov va boshqa himoyachilarga kattagina "yuk" tushdi. Tohir o'z qanotida raqib hujumlarini bir necha bor muvaffaqiyatli to'xtata oldi.

"Qo'qon-1912" himoyachisi Ivan Yosovich aslida o'tgan turda "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda ham faol o'ynagandi. Bu turda "Andijon" bilan bahsda Yosovich undan ham faol bo'ldi. Himoyada ishonchli o'ynashdan tashqari serbiyalik himoyachi o'yindagi dastlabki golni urishga ham erishdi.

Ramziy terma jamoada yana bir serbiyalik futbolchi bu "So'g'diyona" himoyachisi Marko Kolakovich bo'ldi. Kolakovich "Qizilqum" bilan uchrashuvda ham himoyada, ham hujumda faol bo'ldi. Bir necha bor Ignatiy Nesterov qo'riqlayotgan darvozaga xavf soldi. Jamoadoshlarni qulay vaziyatga chiqara oldi va nihoyat raqib darvozasiga gol urdi.

"Metallurg"ning universal futbolchisi Ixtiyor Toshpo'latov "Surxon" bilan uchrashuvda o'zidan juda yaxshi taassurot qoldira oldi. Ayniqsa o'yin so'nggida Toshpo'latov termizliklar darvozasiga ikki bor gol urib jamoasiga irodali g'alabani taqdim etdi.



Yarim himoyachilar: Yovan Jokich (AGMK), Ella Ken Arman ("Mashal"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Azizbek Turg'unboev ("Navbahor"), Oybek Bozorov ("Nasaf")

AGMKning mag'lubiyatsiz seriyasi 12ta o'yinga etishiga Yovan Jokichning hissasi katta bo'ldi. Serbiyalik futbolchi o'yin davomida yaxshi o'ynadi hamda hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda "Navbahor" darvozasiga gol urib jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

"Mashal" legioneri Ella Ken Arman "Buxoro" bilan o'yinda maydonda eng faol o'ynagan futbolchi bo'ldi. Bir necha jamoa jamoadoshlarini qulay vaziyatlarga chiqardi va eng muhimi aynan uning to'p uzatishidan keyin Sardor Abduraimov raqib darvozasiga o'yindagi yagona golni urdi.

"Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov "Lokomotiv" bilan uchrashuvda maza qilib futbol o'ynadi desak xato bo'lmaydi. Uch marta sheriklariga golli uzatmani amalga oshirgan Jaloliddin ikkinchi taymda chiroyli gol urishga ham erishdi. Osiyo chempionlar ligasidan oldin Masharipovning mana shunday ajoyib formaga kirib borayotgani odamni quvontiradi.



Hujumchi: Igor Sergeev ("Paxtakor")

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi so'nggi 4ta o'yinning barchasida jami 6ta gol urdi. "Lokomotiv" bilan bahsda Igor Sergeev ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. Uchrashuvda bir taym harakat qilganiga qaramay Sergeevni ramziy terma jamoaga kiritishga qaror qildik.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика