Sulsher yaqin orada istefoga chiqarilmaydi
08 noy 2021 16:40
Yangiliklar
Sulsher yaqin orada istefoga chiqarilmaydi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APLning 11-turida "Manchester Siti"ga mag'lub bo'lsada, rahbariyat istefoga chiqarishni o'ylamayapti.
"The Guardian" xabariga ko'ra, norvegiyalik murabbiy 12-turda "Uotford"ga qarshi o'yinda jamoani boshqarishi kutilmoqda.
Manchester derbisidan so'ng "Manchester Yunayted"ning egalaridan biri Joel Gleyzer Sulsherning ishdan bo'shatilishi haqida hech qanday xabar olmagan, u FIFA kunlaridagi xalqaro o'yinlardan so'ng ishlashni davom ettiradi.
Ayni paytda oltinchi o'rinni egallab turgan mankunianliklar 20 noyabr kuni safarda "Uotford" bilan kuch sinashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar