So’nggi yangiliklar

17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  0 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  1 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  28 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  1 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  0 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  9 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  5 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  3

Suhrob Sultonov: "1 ochko Afrikada ham qiymatli..." Yangiliklar

Suhrob Sultonov: "1 ochko Afrikada ham qiymatli..."

Teglar :  Suhrob Sultonov
Coca Cola Superliga 16-turi doirasidagi Toshkent derbisida durang natija qayd etildi.

O'yindan keyin mavsumdagi 2-penaltisini qaytarib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Suhrob Sultonov bilan suhbatlashdik. "Bunyodkor" posboni dastlab derbi haqidagi savolimizga javob qaytardi: 

- O'yin oson o'tmasligi aniq edi. "Lokomotivga" ham, bizga ham 3 ochko kerak. SHunday bo'ldi ham. Dastlab, 1 kishi kam bo'lib qoldik. Keyin bizning darvozamizga penalti qo'yildi. Urgan gollarimiz inobatga olinmadi...

- Hakamlik bo'yicha etiroz bildirmoqchimisiz?

- Yo'q, boshqacha tushundingiz. Men hakamlar haqida hech qachon gapirmaganman, gapirmayman ham. Askerni yaxshi taniyman. Agar iqtidori bo'lmasa, qo'liga hushtak olmasdi. 

- Durang sizni qoniqtirdimi?

- Alhamdulillah! Yigitlar mehnat qilishdi, ular uchun xursandman. 1 ochko, Afrikada ham ochko. Bugun menga ham imkon berildi. O'zim uchun ham xursand bo'ldim.

- Oldingi bahslarda zaxirada qolganingiz haqida so'ramoqchi edi. Bu yil "Bunyodkor" siz maydonga tushmagan 5 bahsda 1 ochko oldi. SHunga qaramay, zaxirada qolishingiz nima bilan bog'liq?

- Bu menga bog'liq emas. Taqdir shunaqa, kecha emas, bugun o'ynashim kerak ekan. Sira ham nolimayman. 

- Demak, oldingi o'yinlarda jismoniy holatingiz bilan bog'liq muammo bo'lmagan?

- Yo'q. Barcha o'yinlarga maksimum tayyorlanyapman. Maydonga tushish-tusmasligimni murabbiy hal qiladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика