So’nggi yangiliklar

15:40Тошкент футболи — 100 ёшда  0 15:18МЮ истеъдоди атрофида ажиотаж: 12 та клуб у учун саф тортди  1 14:50Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячисини мақтади  1 14:22Ла Лигада навбатдаги истеъфо  0 13:53Ван Дейк Салоҳ билан суҳбати ҳақида гапирди  2 13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  9 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  14 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  2 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  16 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  4 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  2 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  3 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  3 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  4

Superliga-2025. Jasur Hasanov, Suhrob Sultonov, Artyom Filiposyan, Aleksandr Lobanov hech qaysi klub qaydnomasiga kirmadi Yangiliklar

Superliga-2025. Jasur Hasanov, Suhrob Sultonov, Artyom Filiposyan, Aleksandr Lobanov hech qaysi klub qaydnomasiga kirmadi

O'zPFL Superliga jamoalarining yangi mavsum uchun qaydnomasini navbati bilan elon qilib bormoqda.

Jamoalar tarkibiga nazar tashlar ekanmiz, bir qator tajribali nomdor futbolchilar yo'qligiga guvoh bo'lishimiz mumkin. Xususan, o'tgan mavsumda "Buxoro" bilan Superligaga yo'llanma olgan Jasur Hasanov bu yil Superliganing hech bir jamoasining qaydnomasidan o'rin olgani yo'q. Malumot uchun, bu yio 42 yoshga to'ladigan Hasanov faoliyati davomida "So'g'diyona", "Navbahor", "Mashal", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Qizilqum", "Nasaf", OKMK, "Buxoro" jamoalarida to'p tepgan. 

2024 yilda "temiryo'lchilar" darvozasini qo'riqlagan Suhrob Sultonov ham bu mavsumda Superliga jamoalari yig'inlarida ko'rinish bermadi. Suhrob Sultonov Superligada "Metallurg", OKMK, "Bunyodkor" jamoalari sharafini himoya qilgan.

"Qizilqum"ning sodiq futbolchilari Fayzulla Qambarov va Azizbek Usmonov ham mavsumni elitada boshlamaydigan bo'ldi. Ushbu ikki futbolchi 2013 yildan buyon navoiyliklar libosida harakat qilib kelayotgan edi. Usmonov 2018 yil malum vaqt "Surxon"da to'p tepgan va yana "Qizilqum"ga qaytgan. 

Tajribali markaziy himoyachi Artyom Filiposyan o'tgan mavsumni Hasanov kabi Buxoroda o'tkazdi va jamoa bilan Superliga chiptasini qo'lga kiritdi. Ammo futbolchi biron jamoa bilan shartnoma imzolamadi. 

So'nggi ikki mavsumda katta futboldan uzoqda yurgan Sherzod Azamov katta ehtimol bilan butsalarini mixga ilgan bo'lishi mumkin. Futbolchi Superligada oxirgi marotaba 2022 yil oktyabr oyida "Paxtakor" tarkibida "Nasaf"ga qarshi maydonga tushgan edi. Shundan buyon uni yashil maydonda ko'rganimiz yo'q.

Darvozabon Aleksandr Lobanov 2024 yilning yozgi transferlar oynasida "Navbahor" safini tark etgan edi. Kiperni esa 2025 yil Superliganing dastlabki davrasida ko'rmaymiz. U hech bir jamoa safiga qo'shilgani yo'q. 

"Metallurg", "Bunyodkor", OKMK jamoalaridagi faoliyati bilan tanilgan Murodjon Toshmatov va Mirg'iyos Sulaymonov Superliga jamoalari bilan shartnoma imzolamadi. Sulaymonov 2024 yilning birinchi davrasini Bekobodda, Toshmatov esa Olmaliqda o'tkazgandi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика