Suhrob Nurulloev: "Muxlislar bizni hayron qoldirishdi"
25 may 2022 01:49
Yangiliklar
Suhrob Nurulloev: "Muxlislar bizni hayron qoldirishdi"
Qarshining "Nasaf" jamoasi Superliganing navbatdagi turida safarda "Bunyodkor"ni yirik hisobda taslim qildi (4:1).
Uchrashuvdan so'ng "ajdarlar" yarim himoyachisi Suhrob Nurulloev fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yin qiyin o'tishini bilar edik. Birinchi bo'lib darvozamiz ishg'ol qilindi. SHunga qaramay, ustunlikni qo'limizga oldik. Stadionga tashrif buyurgan muxlislar bizni hayron qoldirishdi. Ochig'i, safar o'yiniga bunchalik ko'p ishqiboz kelishini kutmagandik. G'alabamizda ularning ham katta yordami tegdi.
"Bunyodkor" o'z uslubiga ega, to'p bilan yaxshi muomala qiladigan jamoa. Doim munosib raqib bo'lib qoladi. Ularni kuchsiz demagan bo'lardim. SHunchaki bugun biz murabbiylar ko'rsatmasin to'g'ri bajardik", – dedi Suhrob Nurulloev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar