So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  6 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  18 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  409 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  2 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Suhrob Nematov: "Ochilish uchrashuvida muxlislarimizni xursand etishimiz shart edi" Yangiliklar

Suhrob Nematov: "Ochilish uchrashuvida muxlislarimizni xursand etishimiz shart edi"

Kecha Edgar Gess boshchiligidagi "Buxoro" o'z maydonida "Neftchi"ni qabul qilib chempionatni g'alaba bilan boshladi.
Feruz Boboqulovning o'yinda kiritgan yagona goli buxoroliklarga qimmatli uch ochkoni keltirdi. Uchrashuvdan so'ng jamoa sardori Suhrob Nematovdan blic-intervyu oldik.

- "Neftchi" bilan o'yin chempionatning ochilish bahsi bo'lgani uchun ham ilk uchrashuvda muxlislarimizni faqat g'alaba bilan xursand qilishimiz kerak edi. Buni juda yaxshi his etgandik. Xudoga shukur, o'z maydonimizda chempionatni omadli boshladik  deya gap boshladi Suhrob Nematov.

- Bilasizmi shu kuni maydonning xolati har ikkala jamoaga ham pand berdi. CHunki bunday maydonda kombinacion o'yin namoyish etib bo'lmasdi. To'pni nazorat qilish ham oson emas. SHu bois tashabbus to'liqligicha bir jamoa tomonida bo'ldi deb bo'lmaydi. Bir so'z bilan aytganda, teng kurashlar ostida kechgan bahsda Buxoro g'alaba qozondi.

 - "Neftchi"ning ham o'yini yomon taassurot qoldirmadi. Bu jamoa tarkibida mahoratli o'yinchilar talaygina. Yangitdan shakllantirilgan klub keyingi turlarda o'zini ko'rsatadi deb o'ylayman.

- Keyingi turni yana o'z maydonimizda o'tkazamiz. Endi bu safar "Navbahor"ni qabul qilamiz. Bo'lajak ham biz uchun oson kechmasligi turgan gap. Lekin biz shunga qaramay faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

- O'zingizga yaxshi malumki, "Buxoro" tarkibi ham bu yil deryali yangitdan shakllantirildi. Hozircha futbolchilar bilan bir-birimizni to'liq tushunib ketdik deyish qiyin. Bu vaqtinchalik xolat menimcha. CHunki o'yindan-o'yinga murabbiyimiz istayotgan darajaga chiqamiz.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика