So’nggi yangiliklar

12:45Лёвдан рад жавобини олган Ўзбекистон УЕФА кубогини қўлга киритган мураббийга таклиф билан чиқди  13 12:32Тимур Кападзе Ўзбекистон терма жамоасида қолиши керакми? Алишер Никимбаевнинг фикри  1 12:01"Пахтакор" "Сўғдиёна"ни қийинчиликсиз мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 11:40"Бавария" Симонсни сотиб олмоқчи  0 11:05Павар Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 10:41Люпчо Дориев "Пахтакор"га қарши ўйин, голсиз серияси ва нега 14-рақамни ёқтириши ҳақида гапирди  0 10:18Превью. Мусобақа етакчиси чемпионат аутсайдерига қарши баҳсида ким ғолиб бўлади?  5 09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  2 09:23Превью. Абрамовнинг "Динамо"си Қосимовнинг ОКМКсини меҳмон қилади  12 08:56Слот кечаги ғалабдан сўнг нималар деди?  9 08:28Превью. "Навбаҳор" биринчи даврадаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш оладими?  14 07:57Суперлига. Бугун бизни ажойиб ўйинлар кутиб турибди  9 07:30Расман. "Ал Насср" яна бир юлдузни ўз сафига қўшиб олди  13 07:05Суперлига. "Пахтакор" "Сўғдиёна" жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди, Алижонов эса шедевр гол урди  0 02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  6

Suhrob Nematov: “Navbahor”ga uzoqdan gol urganim birinchi marotaba yuz berayotgani yo'q” Yangiliklar

Suhrob Nematov: “Navbahor”ga uzoqdan gol urganim birinchi marotaba yuz berayotgani yo'q”

Oliy liganing 15-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Buxoro” bahsida mehmonlar sardori Suhrob Nematov maydon markazidan turib zarba bergan xolda, namanganliklar darvozasini ishg'ol etganini hozirgacha muxlislar unutgani yo'q.

 Nematov bilan shu xususda suhbatlashganimizda, bu tarzda gol urishi birinchi marotaba yuz bermayotganini aytib o'tdi. 

- Bilasizmi bu tarzda gol urishim oldin ham sodir bo'lgandi - – deya gap boshladi Suhrob Nematov. Aniqrog'i “Quruvchi” (hozirgi “Bunyodkor” – I.R ) oliy ligaga chiqqan ilk yilida “Buxoro” bilan o'ynagandi. O'rinsobarlar bahsida maydonga tushib, xuddi shu tarzda maydon markazidan turib zarba bergan xolda, raqib darvozasini ishg'ol etganman. 

- “Navbahor”ga urgan golingizdan oldin buni qanchalik his etgandingiz?

- Zarba berishdan oldin, “Navbahor” posboniga etibor qaratdim. Oldinroqqa chiqib ketganini ko'rgach, markazga tushib, himoyachimizdan to'pni qabul qilib oldimda, tavakkal qilib, zarba berdim. To'g'risi, buni oldindan aniq bilganman deya olmayman. SHunchaki o'z omadimni sinab ko'rdim. Golga muxlislar va mutaxassislar baho bergani maqul. Afsuski ushbu golim jamoamga foyda keltirmadi. SHuning uchun ham unchalik tatimadi. 

- “Buxoro”ni tarkib jihatdan boshqalarga solishtiradigan bo'lsak, chakki ko'rinmayapti. Lekin jamoaning ishlari yurishmayapti. Bunga nima sabab bo'lmoqda deb hisoblaysiz?

- Ochig'i, o'zimiz ham tushunmayapmiz nima bo'layotganiga. G'alaba uchun ishtiyoq etarli. Lekin natija bo'lmayapti. 

- Ikkinchi davra ham “Buxoro” uchun juda omadsiz boshlandi...

- Taqvim ham biz uchun noqulay kelgandek. Dastlabki ikki turni safarda vodiy jamoalariga qarshi o'tkazdik. Keyin o'z maydonimizda “Nasaf”ni qabul qildik. Bizga bitta g'alaba kerak. Keyin hammasi yaxshi bo'lib ketadi. 

- Davralar oralig'ida tarkibga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar qay tarzda jamoani kuchaytirishga erishdi deb hisoblaysiz?

- Asqaraliev, Popovich, Rajabov, Narzullaev, Isroilov, Baqoev kabi yangi kelib qo'shilgan o'yinchilarning tajribasiga shubha yo'q. Ular jamoaga yordam berish maqsadida kelgan. Menimcha yangilarning foydasi katta bo'ladi. 

- Jamoaning ichki muhiti qanday?

- Juda yaxshi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.        

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика