Stefan Cholovich: "Sovringa ega chiqish – har doim yoqimli"
28 may 14:49
Yangiliklar
Stefan Cholovich: "Sovringa ega chiqish – har doim yoqimli"
"Juda qiyin va oson bo'lmagan uchrashuvni o'tkazdik. Sovringa ega chiqish – har doim yoqimli. Biz yaxshi o'yin namoyish etdik deb o'ylayman. Albatta, o'yinning boshlanishi va oxirida raqibga ustunlikni berib qo'ydik, lekin keyinchalik hisobda oldinga chiqishga muvaffaq bo'ldik.
"Andijon"ning qanday o'ynashi bizning uchun yangilik emas edi. Ularga qarshi o'yin qiyin kechishini bilardik. Juda yaxshi qarshilik ko'rsatishdi, maydonda faol harakat qilishdi, kichik paslar bilan o'ynashdi. Ular himoyada deyarli bo'sh zona qoldirishmadi.
Shu sababli g'alaba yanada qadrliroq. Men xursandman, bu O'zbekistonga kelganimdan buyon ikkinchi sovrinim.
Ha, o'yinda yomg'irli havo hukm surdi. Bu esa pasli kombinacion o'yin namoyish etuvchi jamoalar uchun muayyan murakkablik tug'diradi. Shunga qaramasdan, har ikki jamoa ham ishtiyoq bilan, katta zavq bilan to'p tepdi", – deydi Stefan Cholovich.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar