So’nggi yangiliklar

23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  3 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  83 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  12 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  4 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  11 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1

Stadionda chiroq yo'qligi Samarqanddagi futbol mavsumining ochilish o'yinida madhiyani qo'yishga xalal berdi Yangiliklar

Stadionda chiroq yo'qligi Samarqanddagi futbol mavsumining ochilish o'yinida madhiyani qo'yishga xalal berdi

Futbol bo'yicha O'zbekiston Birinchiligi (Birinchi Liga) birinchi bosqich 1-turi doirasida 4 aprel, juma kuni Samarqandda Registon va Mashal-2 jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.
O'zPFL matbuot xizmati xabariga ko'ra, o'yin 2:0 hisobida maydon egalari foydasiga hal bo'lgan.

Rasmiy protokol malumotlariga ko'ra, Samarqandda Birinchi Liga mavsumini ochib beruvchi ushbu uchrashuvni bevosita Olimpiya stadionidan 176 nafar tomoshabin kuzatib borgan. Tomoshabinlardan birining Tvitterda malum qilishicha, stadionda chiroq yo'qligi sabab, madhiyani qo'ya olishmadi.

Registon – Mashal-2 uchrashuvini stadionda kuzatib borgan samarqandlik jurnalistning Kun’ga malum qilishicha, elektron vositalar yordamida davlat madhiyasini qo'yish iloji bo'lmagan bo'lsa-da, futbolchilar va hakamlar madhiyani jonli ijro etishgan, madhiya ijro etilayotgan vaqtda O'zbekiston bayrog'i ko'tarilgan.

Xabar berishlaricha, nisbatan salqin va yomg'irli havoda mahalliy vaqt bilan soat 16:00da boshlangan o'yinning ikkinchi bo'limida stadionga chiroq kelgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика