Srechko Katanec: "Jahon chempionatiga chiqishimizga ishonaman"
27 iyu 2024 13:10
Yangiliklar
Srechko Katanec: "Jahon chempionatiga chiqishimizga ishonaman"
- O'zbekiston terma jamoasi Qatar terma jamoasidan alamini oladimi?
Qatar terma jamoasi haqida to'xtalsak, juda yaxshi terma jamoa, oxirgi JCH ishtirokchisi. Futbolchilari anchadan beri bir jamoa bo'lib o'ynab kelmoqda. Qatarni hurmat qilamiz, shu bilan birga, boshqa termalarni ham. Asosiysi, bor etiborimizni o'z terma jamoamizga qaratishimiz kerak. Muxlislarimiz bizni Turkmanistonga qarshi o'yinda bo'lgani kabi qo'llab-quvvatlashlarini xohlardim.
- Mundialga yo'l olishimizga necha foiz ishonasiz?
Foizlarda aytmayman, lekin terma jamoamizga ishonaman. Oxirgi uchrashuvlarga nazar tashlasak, biz mag'lubiyat nimaligini bilmay kelyapmiz. Asosiysi, futbolchilar jarohatlarsiz va doimo yaxshi formada bo'lishi, klublarida muntazam ravishda harakat qilishlarini istardim. Jahon chempionatiga chiqishimizga ishonaman.

Avvalroq Katanec O'zbekiston MTJ kuchli jamoalardan iborat guruhdan joy olgani va uzoq safarlarni amalga oshirmasligi haqida gapirgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar