So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  7 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  1 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  5 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  31 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

"Sport" kanalida bugun evrofutbol jonli ko'rsatiladi Yangiliklar

"Sport" kanalida bugun evrofutbol jonli ko'rsatiladi

Germaniya Bundesligasida bugun navbatdagi tur o'yinlariga start beriladi.

"SHtutgart" hamda "Fortuna Dyusseldorf" jamoalari o'rtasidagi bahs orqali Bundesliganing 4-turi boshlanadi.

Tayfun Korkut boshchiligidagi mezbonlar hozirga qadar o'tkazilgan uchta o'yindan birortasida g'alaba nashidasini surishgani yo'q. Debyutant "Fortuna Dyusseldorf" esa 3 uchrashuvda 3 xil natija qayd etgan.

Turnir jadvali etibori bilan qaralganda, to'qnashuvda mehmonlar favorit maqomida bo'lishadi. Ammo "SHtutgart" o'z uyida o'ynashi va jamoalar o'rtasidagi farqni inobatga oladigan bo'lsak, unda mezbonlar bu maqomga ko'proq loyiq.

Fakt shuki, bu jamoalarning o'zaro uchrashuvida ustunlik "Fortuna Dyusseldorf" tarafida. Bugungi bahs nafaqat bu ikki jamoalarning o'zaro bellashuvi sifatida, balki murabbiylar to'qnashuviga aylanishi kutilmoqda. Tayfun Korkut hamda Fridxelm Funkel bahsi ham ko'pchilik uchun qiziq bellashuvga aylanadi.

Mazkur o'yin bugun kech soat 23:30da boshlanadi. MTRK rasmiy sayti xabariga ko'ra, Bundesliganing 4-turidan o'rin olgan dastlabki o'yin "Sport" telekanali orqali jonli efirda olib ko'rsatiladi.

Eslatib o'tamiz, "Sport" kanali Germaniya chempionati o'yinlarini ko'rsatishi haqida elon qilgandi. Aynan mazkur haftadan boshlab Bundesliga o'yinlari jonli efirda ko'rsatilishi kutilmoqda.


Bundesliga, 4-tur.

"SHtutgart" - "Fortuna Dyusseldorf" 
(23:30 - Sport)

"Mersedes-Benc Arena".

Bosh hakam
: Robert Xartmann.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика