Spaletti: “Mxitaryan va Pastore 30 million evrodan turadi, ularni sotib olishga “Inter”da pul yo'q”
04 jan 2018 23:56
Yangiliklar
Spaletti: “Mxitaryan va Pastore 30 million evrodan turadi, ularni sotib olishga “Inter”da pul yo'q”
“Inter” bosh murabbiyi Luchano Spaletti jamoasining Mxitarayan va Pastorega bo'lgan qiziqishlari haqidagi xabarlarga izoh berdi.
“Albatta, yangi kuchlar jamoaning yanada yuksalishiga hissa qo'shishiga shubha yo'q. Ammo bitta futboli, butun jamoa taqdirini o'zgartira olmaydi, biz esa katta transferlarni amalga oshira olmaymiz. Mening futbolchilarim shuni bilishlari kerakki, men ularga ishonaman va ularning potenciali yuqori.
Masalan, Mxitaryan, Pastore, Vardini sanab o'tishim mumkin. Lekin ularni 30 milliondan kamiga sotib olib bo'lmaydi. Bizda unaqa pullar yo'q. Qolaversa, moliyaviy feyr-pleyga amal qilishimiz lozim”, deydi Spaletti.
Fikrlar