⚡️ Son Xyon Min Maksim SHackixning rekordiga yaqinlashdi
13 okt 2022 10:35
Yangiliklar
⚡️ Son Xyon Min Maksim SHackixning rekordiga yaqinlashdi
Uchrashuvda dubl qayd etgan Son Xyon Min musobaqadagi umumiy gollari sonini 21 taga etkazdi. U gollarining 19 tasini final bosqichida urgan bo'lsa, 2 tasi saralash raundiga to'g'ri keladi. Bu borada ECHLdagi eng yaxshi osiyolik to'purar esa Maksim SHackix hisoblanadi. Uning hisobida 23 ta gol bor.
Eslatib o'tamiz, koreyalik vinger “shporlar”dan tashqari, musobaqada “Bayer” bilan ham qatnashgan. Hozircha Son final raundida eng ko'p to'p (19 ta) kiritgan osiyolik bo'lib turibdi. Keyingi o'rinda esa SHackix bor – 11 ta gol.
Son Xyon Minning ECHLdagi statistikasi:
Final raundi – 51 ta o'yin, 19 ta gol va 5 pas;
Saralash raundi – 3 o'yin, 2 ta gol.
Maksim SHackixning ECHLdagi statistikasi:
Final raundi – 45 ta o'yin, 11 ta gol va 2 pas;
Saralash raundi – 24 ta o'yin, 12 ta gol va 1 pas.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar