So’nggi yangiliklar

21:14"Ҳар бир олинган очко бизни Жаҳон чемпионатига яқинлаштирмоқда" – Отабек Шукуров  0 20:40ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон Тошкентдаги ажойиб оқшомда БААдан устун келди  464 20:38ЖЧ-2026 саралаши. Эрон – Қатар. Таркиблар аниқ!  8 20:15Погба: "Ҳеч қачон "ҳеч қачон" дейиш керак эмас"  2 19:48Бонуччи фаолиятидаги энг мураккаб рақибни айтди — у Месси ёки Роналду эмас  1 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  1 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  19 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  11 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  3 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  2 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  6 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0

Solibek Karimov Litvadagi faoliyati, "Yangier"ga kelishi haqida nimalar dedi? Yangiliklar

Solibek Karimov Litvadagi faoliyati, "Yangier"ga kelishi haqida nimalar dedi?

Buxorolik himoyachi Solibek Karimov Litva birinchi ligasi ishtirokchisi “Minay” klubidagi qisqa faoliyatidan so'ng yurtimizga qaytdi.

U “Yangier” klubida to'p tepmoqda. Futbolchining Litvada o'tkazgan faoliyati, Pro-liga klubi safiga qay tariqa kelib qo'shilgani xususida uning fikrlariga quloq tutdik. 

- Solibek, “Yangier”ga kelib qo'shilish jarayoni qay tariqa amalga oshdi?
- Litvada o'tkazgan faoliyatimdan so'ng O'zbekistonga  kaytdim va Superliga klubining ko'rigida bir muddat bo'ldim. Ayrim sabablarga ko'ra, klub bilan shartnoma imzolamadik. Vaqt kam qolgani tufaylli o'sha vaqtda Azamat Abduraimovning taklifi bilan “Yangier” safiga kelib qo'shildim. Men jamoaga kelishimdan bir kun oldin Abduraimov istefoga chiqdi. SHundan so'ng klub bosh murabbiyi vazifasini qo'lga olgan Bekzod aka Qodirqulov mendan qolishimni so'radi. SHu tariqa, “Yangier” bilan shartnoma imzoladim. 

- “Miniya” bilan shartnoma tugaganmidi yoki kelishgan holda uni bekor qildizmi?
- Ha, “Miniya” bilan shartnomam  bor edi. Ayrim sabablarga ko'ra,  kelishuvni bekor qildim. O'z navbatida “Yangier”  bilan shartnoma tuzganimdan so'ng, Evropaning boshqa bir jamoasidan taklif tushdi. Biroq men ularga rad javobini berishga majbur bo'ldim. 

- Yana chetda to'p surish istagi bormi?
- Albatta, ha. Hozirda agentim Evropaning bir nechta klublari bilan muzokara o'tkazmoqda. Pro-liga mavsumi yakuniga etganidan so'ng, ko'p narsaga oydinlik kiritiladi. Balki yana chetda to'p surish imkoniyati yuzaga kelishi mumkin. 

- “Miniya”da o'tkazgan qisqa faoliyatingizdan olgan taassurotlaringiz qanday?
- Rostini aytsam legioner bo'lib to'p tepish menga maqul keldi, lekin u klub sizdan ko'p narsa talab qilar ekan. Litvada qisqa vaqt o'ynagan bo'lsam-da, bundan afsuslanmayman. Tajriba to'pladim, Evropa futboli havosini his qildim. 

- Sizningcha, Litva birinchi ligasi bizning Pro-ligadan ustun tomonlari bormi?
- Pro-ligamiz ayrim jihatlari bilan Litva quyi divizionidan ustun.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика