So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

“Sog'lom avlod”ning yangi qiyofasi 18 aprel kuni “Nasaf”ga qarshi o'yinda namoyon bo'ladi Yangiliklar

“Sog'lom avlod”ning yangi qiyofasi 18 aprel kuni “Nasaf”ga qarshi o'yinda namoyon bo'ladi

O'zbekiston futbol associaciyasi hamda Professional futbol ligasi so'nggi 1,5 yil davomida futbol maydonlarining holatiga jiddiy etibor qaratib keldi.

Buning natijasida bugunga kelib Superliga klublarining uy stadionlarida maydonlar sifatli ko'rinishga keldi. Ayni vaqtda vodiyda uch stadionda rekonstrukciya ishlari davom etayotgani quvonarli holat.

O'tgan yilning 2 fevral kuni O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Andijonga tashrif buyurib, viloyat sportining o'sha vaqtdagi holati bilan yaqindan tanishgan hamda viloyat hokimi SHuhratbek Abdurahmonov bilan uchrashgandi. Tashrif davomida ular “Sog'lom avlod” stadionini ham ko'zdan kechirishgan. O'sha vaqtda “Andijon” futbol klubini Superligaga qaytarish masalasi ham ko'tarilgan bo'lib, O'FA komissiyasi mazkur masala licenziyalashga borib taqalishini tushuntirgandi.

Oradan 1 yil vaqt o'tib, viloyat hokimi SHuhratbek Qo'shoqboev boshchiligida Andijon sportida ijobiy o'zgarishlar ko'zga tashlandi. Buni “Andijon” klubining Superligaga qaytishi bilan ham izohlash mumkin. SHuningdek, 2018 yilning fevral oyidagi kelishuv ham amalga oshib, bugunga kelib “Sog'lom avlod” stadioni yangi qiyofa aks etdi. Viloyat futboli muxlislari bu ulkan o'zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatib bordi. Ayni kunlarga qadar stadion atrofi tamirdan chiqarildi. SHuningdek, chim Evropadan olib kelindi. Endilikda esa Andijonda “Sog'lom avlod” projektorlarini OFK talablari darajasiga keltirish ustida ish ketmoqda.



Viloyatdagi bu o'zgarishlar Milliy olimpiya qo'mitasining ham etiboridan chetda qolmadi. Sportga g'amxo'rligidan kelib chiqib, SHuhratbek Abdurahmonov 2018 yilda “Hududlarda sportni rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun” sovrini bilan taqdirlandi. Endilikda Andijon viloyati hokimiyati hamda O'zbekiston futbol associaciyasi yangilangan “Sog'lom avlod” stadionidagi ilk rasmiy bellashuvga tayyorgarlik ko'ryapti. Kelishuvga ko'ra, birinchi rasmiy uchrashuv 18 aprel — payshanba kuni Superliganing 5-turi doirasida o'tkaziladi va unda “Nasaf” klubi andijonliklar mehmoni bo'ladi.

O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov hamda tashkilotning boshqa vakillari, Andijon viloyati rahbariyati mazkur uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatib borishi rejalashtirilgan.

Mamlakatimizda bu kabi ishlarning amalga oshirilishi futbolni yangi bosqichga olib chiqishi shubhasiz. Tez orada Namangan, Qo'qon va Toshkent shaharlarida ham muxlislar kutayotgan ochilish marosimlari tashkil etiladi. O'zbekiston futbol associaciyasi hamda Professional futbol ligasi endilikda quyi liga klublari to'p suradigan stadionlar, U-21 jamoalarining maydonlari, bosqichma-bosqich ayollar va bolalar futboli maydonlarini ham sifatli ko'rinishga keltirish ustida ish olib boradi. Ayni vaqtda esa biz millionlar o'yiniga befarq bo'lmagan andijonliklar va albatta bu mehmondo'st viloyatda mehmon bo'lish istagidagi yurtdoshlarimizni “Sog'lom avlod” stadioniga taklif etib qolamiz.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика