“So'g'diyona-W” ayollar jamoasi yangi murabbiy qo'l ostida yig'inga kirishdi FOTOGALEREYA
03 jan 2018 17:41
Yangiliklar
“So'g'diyona-W” ayollar jamoasi yangi murabbiy qo'l ostida yig'inga kirishdi FOTOGALEREYA
Malumki, O'zbekiston Futbol Federaciyasining talablarga binoan har bir klub o'z ayollar futbol jamoasiga ega bo'lishi zarur.
“So'g'diyona“ bu talablarga muvofiq o'z ayollar jamoasiga ega bo'ldi.
“So'g'diyona” ayollar jamoasi bugun qishki yig'inga kirishdi. “So'g'diyona” ayollar jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi. Endilikda Gulnora Azamova ayollar futbol jamoasi bosh murabbiyi vazifasida o'z ishini boshlaydi.
Malumot uchun, Gulnora Azamova 1968 yilda tug'ilgan. A licenziyasiga ega. SHu kungacha Gulnora Azamova “Lokomotiv”, “Quruvchi”, “Neftchi”, “Andijon”, O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasida faoliyat olib borgan.
Bugun jamoa yangi murabbiy qo'l ostida qishki mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Qo'yida bugungi mashg'ulotdan fotogalereyani tomosha qilishingiz mumkin.
"So'g'diyona" matbuot xizmati
Fikrlar