So’nggi yangiliklar

13:03ОКМК "Бухоро"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:46Виктор Гёкереш "Арсенал"га трансферидан олдин Лондонда бизнес бошлаган  0 12:20​38 ёшли Давид Луис "Пафос" футболчисига айланди  0 11:57Эржан Токотаев: "Биринчи ўйинимда гол ўтказмаганимдан мамнунман"  4 11:35Тимур Кападзе: "Ўзбекистоннинг мақсади – тарих яратишни давом эттириш. Ўртоқлик ўйинларида янги футболчиларни синаб кўрамиз"  5 11:14Суперлига 17-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  5 10:38Февзи Давлетов: "Қизилқум" икки тайм давомида позицион ҳимояланди"  1 10:10Сон Хён Миннинг янги жамоаси маълум  1 09:39Саудия Арабистони терма жамоаси аъзоси Франция клубига ўтди  1 09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  1 08:50Ўртоқлик учрашувлари. Сон Хён Мин "Тоттенхем" мухлислари билан хайрлашди, "Аякс" "Монако" билан дуранг ўйнади, "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  1 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0

"So'g'diyona" - "Turon" uchrashuvidan so'ng chetlatilgan hakam qaytishini yana "So'g'diyona" ishtirokidagi bahs bilan boshlaydi Yangiliklar

"So'g'diyona" - "Turon" uchrashuvidan so'ng chetlatilgan hakam qaytishini yana "So'g'diyona" ishtirokidagi bahs bilan boshlaydi

SHu yilning 14 mart kuni bo'lib o'tgan Superliga 2-tur "So'g'diyona" - "Turon" bahsi ancha shov-shuvga sabab bo'lgandi.

Bu o'yinda Superliga debyutanti "Turon" nohaq belgilangan penalti qurboni bo'lib, buning oqibatida 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan hamda o'yindan so'ng yaypanliklar bosh murabbiyi Islom Ismoilov videoda hakamlik shaniga achchiq gaplarni gapirgandi. 

Oradan ko'p o'tmay o'yindagi hakamlik mutaxassislar tomonidan atroflicha o'rganib chiqildi va bosh hakam Viktor Serazitdinov nomuayyan muddatga Superligadan chetlatildi. Lekin Serazetdinov bu orada bekor o'tirmadi, u Birinchi liga bilan Proligada faoliyat yuritdi. 

PFL saytidagi malumotga ko'ra, u may oyidan beri Birinchi liganing 3ta hamda Proliganing bitta uchrashuvini boshqargan. 

Birinchi liga:

"Neftgazmontaj" - "Zomin" 2:1

"Bunyodkor-Farm" - "Lochin" 0:1

"CHig'atoy" - "Zomin" 4:6

Proliga:

"Yangier" - "Olimpik" 2:0

Bugun PFL sayti O'zbekiston Kubogi 1/8 final bahslarini boshqarib boradigan hakamlar ro'yxatini eloni qildi. Unga ko'ra, 20 avgust kuni Jizzax shahrida bo'lib o'tadigan "So'g'diyona" - "Lokomotiv" uchrashuvini Viktor Serazitdinov boshqaradi.

Bundan ko'rinib turibdiki, 47 yoshli hakam Superliga jamoalari o'rtasidagi o'yinga qaytishini yana "So'g'diyona" ishtirokidagi bahs bilan boshlaydi. Serazitdinov bu safar qanday hakamlik qiladi, buni vaqt ko'rsatadi. 

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика