So’nggi yangiliklar

18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  0 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  0 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  10 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  13 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  4 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  3 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  4 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  8 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  5 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  2

"So'g'diyona" stadioni taxminan 1 maydan boshlab futbol uchrashuvlarini qabul qiladi - O'zPFL Yangiliklar

"So'g'diyona" stadioni taxminan 1 maydan boshlab futbol uchrashuvlarini qabul qiladi - O'zPFL

Liga mutaxassislari 26 yanvar kuni Jizzax shahrida bo'ldi. Bundan maqsad "So'g'diyona" stadioni va klub qarorgohining mavsumga tayyorlanish jarayonini o'rganish edi.

2022 yilgi mavsumga kelib Jizzaxdagi asosiy stadion maysasi holatida salbiy o'zgarishlar ko'zga tashlandi. SHundan kelib chiqib, o'tgan yilning iyun oyida Liga 2023 yilgi mavsum Superliga uchrashuvlari mazkur maydonda o'tkazilmasligini klubga rasman malum qildi. Yil yakuniga qadar "So'g'diyona" OFK Kubogi bellashuvlarini Jizzaxda qabul qilishi ko'zda tutilgandi. Klub ilk bor xalqaro maydonda ishtirok etayotgani bunda inobatga olindi. 



2022 yil bahorida viloyat futbol mahorat maktabi maydoniga yangi chim yotqizilgan bo'lib, mazkur chim 1 yil davomida viloyatdagi asosiy maydon uchun parvarish qilinishi ko'zda tutilgandi. Liga va klub o'rtasidagi kelishuv asosida 2022 yilgi mavsum so'ngida "So'g'diyona" stadionida tamirlash ishlari boshlandi va hozirga qadar u faol davom etmoqda. Bugun Liga stadion va klub qarorgohida mavjud kamchiliklar yuzasidan tuzilgan bayonnomani "So'g'diyona"ga taqdim etdi. Ular shu yilning fevral oyi yakuniga qadar bartaraf etilishi talab etiladi. 



Mutaxassislar taxminiga ko'ra "So'g'diyona" maydoni Superliga uchrashuvlari uchun 1 may sanasida tayyor bo'ladi. Unga qadar klub 1 fevralga qadar o'z uy uchrashuvlarini vaqtincha o'tkazib turuvchi stadion nomini Ligaga taqdim etishi lozim.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика