So’nggi yangiliklar

16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  1 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  5 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  5 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  30 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3

"So'g'diyona" Mitrovich, Milinkovich, Simonovich, Dong Xi, Rashidov va boshqalarni tanishtirdi Yangiliklar

"So'g'diyona" Mitrovich, Milinkovich, Simonovich, Dong Xi, Rashidov va boshqalarni tanishtirdi

Teglar :  So'g'diyona
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi mavsumning ikkinchi qismidan oldin yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi.

“So'g'diyona” stadionida shartnoma imzolagan futbolchilarni keng omma qarshishida tanishtirish marosimi bo'lib o'tdi. Mavsumni yuqori o'rinlarda yakunlashni maqsad qilgan Sergey Lushchan boshchiligida jamoa yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanib yozgi transferlar mavsumini ancha faol o'tkazdi. Buni jamoa safiga kelib qo'shilgan 5 nafar yangi legioerlarni misol qilib keltirish mumkin. Jamoa rahbariyati va murabbiylari  taklif etilgan har bir futbolchi imkoniyatlari o'rganib chiqib chiqqan holda shartnoma imzolashdi. Bugungi tanishtiruv marosimiga tashrif buyurgan muxlislar qarshisida yangi futbolchilarga jamoa liboslari topshirildi.

Tanishing:

Milosh Simonovich (Serbiya)
Futbolka raqami:
90
Ampluasi:
Himoyachi

Kim Dong-Xi (Janubiy Koreya)
Futbolka raqami: 
89
Ampluasi: Yarim himochi

Mikola Milinkovich (Serbiya)
Futbolka raqami: 
91
Ampluasi: Yarim himoyachi

Darvidas Sernas (Litva)
Futbolka raqami: 
80
Ampluasi: Xujumchi

Milan Mitrovich (Serbiya)
Futbolka raqami: 
88
Ampluasi: Darvozabon

Sanjar Rashidov
Futbolka raqami:
70
Ampluasi: Yarim himoyachi

Ixtiyor Toshpo'latov
Futbolka raqami:
93
Ampluasi: Xujumchi

Nuriddin Hasanov
Futbolka raqami: 
94
Ampluasi: Yarim himoyachi

SHoxjahon Hasanov
Futbolka raqami: 
55
Ampluasi: Yarim himoyachi

Javohir Soxibov
Futbolka raqami: 
45
Ampluasi: Yarim himoyachi

Ayrim sabablarga ko'ra Javohir Soxibov bugun tadbirda ishtirok eta olmadi.

Tadbirda Sergey Lushchan so'zga chiqib, jamoa muxlislardan  jamoaga ishongan holda faol qo'llab-quvvatlashlarini so'radi.

Jamoa xujumini kuchaytirish maqsadida taklif qilgan Litva terma jamoasi xujumchisi Darvidas Sernas so'zga chiqib “So'g'diyona” sharafini munosib himoch qilishga va chiroyli gollari bilan jamoa g'alabalariga o'z hissalarini qo'shishga harakat qilishini aytib o'tdi.

Marosimdan so'ng muxlislar uchun yana bir kutilmagan syurpriz taqdim etildi. Endilikda “So'g'diyona” jamoasi yana bir avtobusga ega bo'ldi. Uni muxlislar qarshisida jamoa sardori Sanjar Rashidovga Jizzax viloyat hokimi Ergash Alibekovich Soliev tantanali ravishda topshirdi.

 


Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика