So’nggi yangiliklar

21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  23 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  2 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  593 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  2 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  4 19:30Рауль мавсум охирида "Кастилья"дан кетади  0 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: "Ўзбекистоннинг 12-футболчиси" ўйинга тайёр   2 17:45ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: Асосий таркиблар маълум  44 17:37Ўзбекистон - Эрон: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  3 17:28Саутгейт: "Яқин бир йилда мени кутманг"  2 17:00Сиаваш Ҳақназари: "Бугун очиқ ва ҳужумкор футбол гувоҳи бўламиз"  5 16:37"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси ҳужумчисига қизиқмоқда  2 16:22ЖЧ-2026 саралаши. Австралия иродали ғалабага эришди   1 15:10"Манчестер Сити" Эдерсонга ўринбосар топди  0 14:29"Байер" Вирцни қўйиб юбормоқчи эмас  0

“So'g'diyona”: Mavsumdagi so'nggi raqibimiz “Buxoro” Yangiliklar

“So'g'diyona”: Mavsumdagi so'nggi raqibimiz “Buxoro”

Teglar :  So'g'diyonaBuxoro
Oliy liganing 30-turida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi safarda “Buxoro”ga qarshi safarda bahs olib boradi.

Ushbu uchrashuv "So'g'diyona"ning oliy ligadagi 614-o'yini bo'ladi. Etiboringizga jamoalarning Buxorodagi bo'lib o'tgan uchrashuvlar tarixini havola etamiz.

USHBU MAVSUMDA

Birinchi davra 15-turida “So'g'diyona”  o'z maydonida “Buxoro”ga  qarshi bahs olib borgan edi.  Ushbu bahsning 11 daqiqasida hisobni  ochgan edi. Ikkinchi bo'limda jamoamiz xujumchisi 64 daqiqada hisobni tenglashtirdi. 1:1. Zahiradan maydonga tushgan Baxriddin Vahobov SHoxrux Eshbo'taev darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi bo'ldi va hisobni 2:1 ko'rinishiga olib kelgan edi. SHu tariqa o'yin mehmonlarning foydasiga yakunlangan edi.

“So'g'diyona” o'tgan turda o'z maydonida  “Qo'qon-1912” ga qarshi bahs olib borgan edi va 2:1 hisobida g'alabaga  qozondi. “Buxoro ” safarda “Bunyodkor”ga qarshi o'yinda va  3:0 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

“Buxoro ” 43 ochko bilan turnir jadvalida  6-o'rinni band etib turgan bo'lsa, “So'g'diyona” 31 ochko bilan 13-o'rindan joy olgan.


O'YINI AHMAD ERGASHEV BOSHQARADI.
Hakamlar: A.Ergashev (Toshkent), R.Fozilov (Namangan), M.Majidov (Namangan), K.Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: S.Ermatov (Toshkent)
O'zPFL vakili: B.Haydarov

O'ZARO USTUNLIK

“So'g'diyona” hamda “Buxoro”  klublari oliy ligada shu kungacha 43 bor kuch sinashishgan.“Buxoro” hisobida 21 ta, “So'g'diyona” hisobida 16 ta g'alaba mavjud. 6 o'yinda  durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik  buxoroliklar  tomonida:  61:58. “Buxoro”  o'zaro o'yinlarda 69 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa ,jizzaxliklar 54 ochkoni qo'lga qiritgan.  “Buxoro”ning eng yirik g'alabasi 4:1, “So'g'diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati  6:2.


 “Buxoro” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:

05.11.2016 «Buxoro» - «So'g'diyona» 3:0
01.07.2015 «Buxoro» - «So'g'diyona »1:0
27.08.2014 «Buxoro» - «So'g'diyona» 2:1
23.03.2013 «Buxoro» - «So'g'diyona» 4:1
09.09.2011 «Buxoro» - «So'g'diyona» 2:1
17.10.2009 «Buxoro» - «So'g'diyona» 0:0
13.09.2008 «Buxoro» - «So'g'diyona» 2:3
28.05.2006 «Buxoro» - «So'g'diyona» 3:0
25.09.2005 «Buxoro» - «So'g'diyona» 1:0
21.08.2004 «Buxoro» - «So'g'diyona» 1:2
20.04.2002  «Buxoro» - «So'g'diyona» 0:4
21.04.2001 «Buxoro» - «So'g'diyona» 1:1
14.08.2000 «Buxoro» - «So'g'diyona» 3:2
14.08.1999 «Buxoro» - «So'g'diyona »1:0
19.08.1998 «Buxoro» - «So'g'diyona» 0:1
14.09.1997 «Buxoro» - «So'g'diyona »0:0
11.06.1996 «Buxoro» - «So'g'diyona» 2:1
24.09.1995 «Buxoro» - «So'g'diyona »0:3
23.10.1994 «Buxoro» - «So'g'diyona »3:2
20.10.1993 «Buxoro» - «So'g'diyona »1:0
26.04.1992  «Buxoro» -«So'g'diyona»3:1


O'ZARO O'YINLAR HAQIDAGI FAKT:
Buxorodagi 21 ta o'yindan 5 tasida “So'g'diyona” ,13 tasida “Buxoro” g'alaba qozongan. 3 ta o'yinda durang natija qayd etilgan.

O'YIN VAQTI VA JOYI.
Yoshlar ligasi bahsi 24 noyabr kuni soat 14:00 da “Umid” sport majmuasida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 25 noyabr  kuni 14:00 da “Buxoro” stadionida o'tkaziladi.

“BUXORO” DAGI TANISH FUTBOLCHILAR

Toxir SHamshitdinov 2010 yilda, Salamat Qutibaev  2013 yilda, Rabbim Hasanov 2016 yilda  “So'g'diyona” sharafini himoya qilishgan.




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика