“So'g'diyona” jamoasi azolari paxta yig'im- terim ishlariga o'z hissalarini qo'shishdi FOTO
08 okt 2017 15:53
Yangiliklar
“So'g'diyona” jamoasi azolari paxta yig'im- terim ishlariga o'z hissalarini qo'shishdi FOTO
O'z navbatida paxta xalqimizning turmush farovonligi, mamlakatimizning yuksalishi va taraqqiyotining o'ziga xos muhim manbalaridan biri hisoblanadi.
Ayni kunlarda paxta yig'im-terim mavsumi har bir yurtdoshimizdan jarayondagi daxldorlik tuyg'usi, masullik hissini taqozo etadi. Paxta mavsumidagi faollik va fidoyilik har birimizning fuqarolik burchimiz va masuliyatimizdir.
Bundan “So'g'diyona” PFK azolari ham ushbu jarayonga befarq qarab turgani yo'q.
Taqvimdagi tanaffus sababli bugun Jizzax viloyat Futbol Federaciyasi hamda “So'g'diyona” PFK azolari bilan birgalikda paxta yig'im-terim ishlarida qatnashdi.
Ushbu xasharda “So'g'diyona” PFK rahbariyati,xodimlari,murabbiylari, futbolchilari hamda “So'g'diyona” stadioni hodimlari faol ishtirok etishdi va vatanimiz hirmoniga o'z hissalarini qo'shdilar.
So'g'diyona matbuot xizmati
Fikrlar