So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  18 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

"So'g'diyona" - "Dinamo" eng tomoshabop o'yin yoxud tur sarhisobi Yangiliklar

"So'g'diyona" - "Dinamo" eng tomoshabop o'yin yoxud tur sarhisobi

Payshanba va shanba kunlari kutilganidek 3-tur o'yinlari o'tkazildi.
Ko'pchilik oldindan taxmin qilganidek har bir bellashuv o'ziga yarasha qiziqarli va hujumlarga boy bo'ldi. Mavsum boshi bo'lishiga qaramasdan jamoalar shiddatli va keskin o'yin ko'rsatishmoqda. Bu safar ham etiboringizga 3-tur statistikasini va raqamlarni keltirib o'tmoqchimiz. SHuni alohida takidlash kerakki, mazkur turda tomoshabinlar soni ancha oshdi.

Muxlislar tashrifi

2-turda tomoshabinlarning tashrifi keskin pasayganini biroz ajablanarli bo'lgandi. Lekin 3-turda bu boradagi ko'rsatgich yaxshilanishi oldindan malum edi. CHunki ushbu turda “Navbahor” bilan “Andijon” o'z maydonida o'ynadilar va ularning o'yinlariga muxlislar boshqalarnikiga qaraganda ko'proq kelmoqdalar. Tabiiyki, eng ko'p muxlis “Navbahor” – “Neftchi” bellashuvida qayd etildi. “Kosonsoy” stadioniga 12579 ishqiboz yig'ildi. Undan keyingi eng ko'p muxlis “Andijon” – Mashal” o'yiniga keldi va 8741 muxlis “Sog'lom avlod” stadionida tomosha qildilar. Agarda andijonliklar o'tgan turda “Qizilqum”ni engib qaytishganida stadion yana muxlislar bilan to'lishi muqarrar edi. Mazkur turda eng kam tomoshabin yana “Bunyodkor” ishtirokidagi o'yinga to'plandi. “Olmaliq”qarshi uchrashuvni faqatgina 1425 muxlis kuzatib bordi xolos. Qiziq tomoni shundaki, mavsum boshlanganidan beri asosan chempion va Kubok sohibi bo'lgan jamoaning o'yinlarini kam muxlis tomosha qilyapti. Nahotki, etakchi jamoaning o'yini qiziqish uyg'otmay qo'ygan bo'lsa!? SHuningdek, “Paxtakor”ning o'z maydonidagi o'yinlariga ham juda oz muxlislar kelardi. Ammo ushbu turda “Qizilqum”ni qabul qildi va stadionga 4261 nafar muxlis to'plandi. Uchrashuvdan avval “Paxtakor” rahbariyati ishqibozlarni stadionga chorlash borasida bir qator ishlarni amalga oshirayotganligi aytilgandi. Demak, bu borada ishlar o'z samarasini berishni boshlagan. “Bunyodkor” ham ishqibozlarni stadionga chorlash borasida qandaydir ishlarni amalga oshirsa yaxshi bo'lardi.

Ogohlantirishlar va chetlatishlar

3-tur qo'polliklarga boy bo'ldi va hakamlar tomonidan ko'plab sariq kartochkalar ko'rsatildi. Tabiiyki, maydondan chetlatilgan o'yinchilar ham bo'ldi. Buni qarangki, eng oz sariq kartochka ko'rsatilgan uchrashuv “Metallurg” – “Lokomotiv” uchrashuvida kuzatildi. Bosh hakam Valentin Kovalenko ikkala jamoadan ikkitadan o'yinchini ogohlantirdi. SHuningdek, “Nasaf” – “Buxoro” bellashuvida ham to'rtta sariq kartochka ko'rsatildi. Ammo farqi shundaki, barcha ogohlantirishlar buxoroliklarga berildi. “Navbahor” – “Neftchi” va “Paxtakor” – “Qizilqum” bahslarida ettita o'yinchi sariq kartochkalar bilan jazolandi. SHuningdek, vodiy derbisida namanganliklar azosi Bahtiyor Yoqubov qizil kartochka tufayli maydonni tark etdi. Bundan tashqari “So'g'diyona” – “Dinamo” bahsining 22-daqiqasida mezbonlar azosi Elyor Oripov bosh hakam SHerzod Qosimov tomonidan chetlatildi va bu mezbonlarga qimmatga tushdi. Umuman olganda, ushbu turda 38ta futbolchi sariq kartochkalar bilan jazolandi va 2ta o'yinchi maydondan chiqarib yuborildi. Bu esa haqiqatdan barcha o'yinlarning asabiy va qo'pol tarzda o'tganini bildiradi.

Natijalar va gollar

3-turda ettita uchrashuv o'tkazilgan bo'lsa, shulardan ikkitasida mezbonlar va uchtasida mehmonlar g'alaba qozonishdi. Ikkita o'yinda durang qayd etildi. “Lokomotiv”, “Mashal” va “Dinamo” jamoalari safardan g'alaba bilan qaytishdi. Bo'lib o'tgan uchrashuvlarda darvozalarga jami 14ta to'p kiritildi. SHulardan 7tasi mezbonlar va 7tasi mehmonlarga tegishli bo'ldi. Hech bir futbolchi dublga erishgani yo'q. Bundan tashqari uchta o'yinda penalti belgilandi va undan ikkitasida futbolchilar unumli foydalanishdi. Jumladan “Nasaf” – “Buxoro” uchrashuvida mezbonlar sardori Artur Gevorkyan, “So'g'diyona” – “Buxoro” bahsida esa Suhrob Qobilov penaltidan mehmonlar darvozasini ishg'ol qildi. “Bunyodkor” – “Olmaliq” uchrashuvida mehmonlar hujumchisi Zafar Polvonov belgilangan penaltidan gol ura olmadi. Ammo o'sha vaziyatda darvozabondan qaytgan to'pni Aleksandr Alimpievich boshi bilan gol urib Polvonovning aybini yuvib yubordi. Eng yirik hisob “Nasaf” – “Buxoro” uchrashuvida kuzatildi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Umuman olganda, hech bir o'yinda uchtadan ko'p to'p kiritilmadi. “So'g'diyona” – “Dinamo” bellashuvida ham mehmonlar uchta to'p kiritishdi. Qolgan uchrashuvlarda esa jamoalar faqat bittadan gol urishdi.

Tezkor gol

Har bir jamoa iloji boricha tezkor gol urishga harakat qiladilar. Bu safargi turda biror bir klub dastlabki 10 daqiqada hisobni ocha olmadi. Faqat “Nasaf” etakchisi Artur Gevorkyanning 16-daqiqada kiritgan to'pni eng tezkor gol sifatida qayd etildi. Xatto ikki kun avval o'tkazilgan “Bunyodkor” – “Olmaliq” uchrashuvida ham tezkor golni ko'rmadik.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика