So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  5 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  17 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  408 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  2 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

"So'g'diyona" darvozaboni Milan Mitrovich: "Serbiya futbolchilari chin yurakdan xalqimiz va mamlakatimiz uchun o'ynashdi" Yangiliklar

"So'g'diyona" darvozaboni Milan Mitrovich: "Serbiya futbolchilari chin yurakdan xalqimiz va mamlakatimiz uchun o'ynashdi"

Kecha Serbiya terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida sensacion tarzda Portugaliyani mag'lub etdi va mundialga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Ushbu bahsdan keyin "So'g'diyona"da o'ynayotgan serbiyalik darvozabon Milan Mitrovich bilan suhbatlashdik.

- O'yindan oldin qanday fikrlar bor edi? Serbiyani safarda, yana kimsan Portugaliyaga qarshi faqat g'alaba qoniqtirardi...

- Barcha Portugaliyaga qarshi og'ir o'yin bo'lishini bilardi. To'g'ri Portugaliya Jahon chempionatiga chiqishi uchun durang ham kifoya qilardi, bizga esa faqat g'alaba zarur edi. O'yinni tomosha qildim va g'alabaga loyiq edik deya olaman. Serbiya Qatardagi Jahon chempionatiga chiqishga haqli edi va buni uddaladi.

- Nimaning evaziga Serbiya mundialga chiqdi deb o'ylaysiz?

- Biz serblarning mentalitet shunday: qachondir, nimadir kerak bo'lsa buning uchun maksimum ish amalga oshiriladi, biz shunday millatmiz! Bizning terma jamoamiz kuchli, barcha futbolchilar katta klublarda o'ynashadi. Bazilari bilan yoshlar terma jamoalarida birga o'ynaganman. Bosh murabbiy yigitlarni ajoyib tarzda ruhlantira oldi va ular yurakdan xalqimiz, mamlakatimiz uchun o'ynashdi. Yaratgan esa futbolchilarni buning uchun taqdirladi - Serbiya Qatardagi mundialga boradi!

- Yoshlardan kim Jahon chempionatida o'zini ko'rsatishi mumkin deb o'ylaysiz?

- Terma jamoada ko'plab yosh futbolchilar bor. Ammo menimcha Jahon chempionatida "Fiorentina"da o'ynayotgan Dushan Vlaxovich o'zini ko'proq namoyon etsa kerak. 2000 yilda tug'ilgan Dushan yosh va qobiliyatli futbolchi, o'ylashimcha barchasi hali oldinda.




- Kechagi tarkibda siz bilan birga o'ynagan futbolchilar bormidi?

- Men himoyachi Stefan Mitrovich birga o'ynaganman, yana bir himoyachi Filip Mladenovichga bir necha bor raqib bo'lganman. Birgalikda yoshlar toifasidagi terma jamoada o'ynaganmiz. Qolgan futbolchilar esa mendan yosh va ular bilan o'ynash nasib qilmagan.

- Darvozabon sifatida Serbiya terma jamoasi posbonlari haqida qanday fikrdasiz?

- Terma jamoada ajoyib darvozabonlar bor Marko Dmitrovich va Predrag Raykovich o'z vazifasini alo darajada bajrishdi. Raykovich yosh bo'lishiga qaramay yaxshi o'ynamoqda. U 2015 yil U-20 Jahon chempionatida ishtirok etgan va chempion bo'lgandi. Kecha u milliy terma jamoa bilan kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatiga chiqdi. Uni tabriklayman va keyingi yilda ham omad tilayman!

- Qatardagi Jahon chempionatida Serbiyadan nima kutsak bo'ladi?

- Guruhdan chiqishimizga ishonchim komil, uyog'ini esa bilmayman. Serbiya finalga chiqishi uchun muxlislik qilaman!


 


Narzulla suhbatlashdi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика